Viktor Osimxen «Barselona»ga o'tishi mumkinmi?
Viktor Osimxen transfer oynasining so'nggi kunlarida «Galatasaroy»dan ketishi mumkin. «Barselona» futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo maoshi to'siq bo'lmoqda.
⚽️ Sport xabariga ko'ra, Viktor Osimxen transfer oynasining so'nggi haftalarida sotuvga qo'yilishi mumkin. «Galatasaroy» va futbolchining o'zi ham xayrlashishga qarshi emasligi aytilmoqda.
«Barselona» bir necha haftadan buyon Osimxen taxminan 75 million yevro evaziga transfer qilinishi mumkinligidan xabardor.
Biroq, futbolchining yuqori maoshi ushbu transferni amalga oshirishni juda qiyinlashtirmoqda.