Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Fenerbahce — yangiliklari

Fenerbahce va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Kristal Pelas Jeyden Ostervoldni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Kristal Pelas Jeyden Ostervoldni o'z safiga qo'shib olmoqchi

"Kristal Pelas" "Fenerbaxche" himoyachisi Jeyden Ostervoldni transfer qilmoqchi. "Burgutlar" yaqin orada rasmiy taklif yuborishi kutilmoqda.

"Kristal Pelas" "Fenerbaxche" klubiga Jeyden Ostervoldni yozgi transfer oynasida sotib olish niyati borligini ma'lum qildi. 😳

Fener Ajans xabariga ko'ra, "burgutlar" yaqin vaqt ichida turk klubiga 25 yoshli futbolchi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqishi kutilmoqda. 🔜

Hakan Chalhanoglu «Fenerbaxche» nishonida

Hakan Chalhanoglu «Fenerbaxche» nishonida

«Fenerbaxche» «Inter» yarim himoyachisi Hakan Chalhanog'luni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi transferga ijobiy munosabatda.

«Fenerbaxche» Hakan Chalhanog'luni o'zining asosiy transfer maqsadlaridan biri deb belgiladi. Klub rahbariyati «Inter» yarim himoyachisini Istanbul jamoasiga o'tishga ko'ndirish uchun ilk qadamlarni tashladi. «Fenerbaxche» boshqaruv kengashi a'zosi Jihan Kamer Italiyaga tashrifi chog'ida turkiyalik futbolchining yaqinlari bilan bog'langan.

Fotomac xabariga ko'ra, Chalhanog'lu bilan bo'lib o'tgan so'nggi muzokaralar ijobiy o'tgan va futbolchi o'tishga rozilik bildirgan. Shu bilan birga, «Fenerbaxche» bitimni tezlashtirishi kutilayotgan sana ham ma'lum bo'ldi. Klub rahbariyati Chempionlar ligasi saralashi doirasidagi «Shturm»ga qarshi javob o'yinidan so'ng, ya'ni 11-avgustdan keyin yarim himoyachini xarid qilish harakatlarini kuchaytiradi. «Inter» Chalhanog'luni 25 milliondan 30 million yevrogacha baholamoqda.

Dushan Tadich: "NECning hujumkor o'yini tanlovimda muhim rol o'ynadi"
Eredivisie ↗ Matbuot

Dushan Tadich: "NECning hujumkor o'yini tanlovimda muhim rol o'ynadi"

Dushan Tadich o'z tanlovi va NEC jamoasining o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.

Dushan Tadich:

"NECning hujumkor futbol o'ynashi, o'yindan zavq olishi tanlovimda juda muhim omil bo'ldi. Buni ijobiy dadillik deb atash mumkin. Bu murabbiy hech narsadan qo'rqmaydi. U kuchli shaxsiyat egasi. Qolaversa, biz yevrokuboklarda ishtirok etamiz. Bu o'zgacha narsa bo'ladi".
Fenerbaxche Gonsalo Garsiya transferi uchun taklif bilan chiqdi

Fenerbaxche Gonsalo Garsiya transferi uchun taklif bilan chiqdi

Ekrem Konur xabariga ko'ra, Fenerbaxche Gonsalo Garsiya transferini yakunlashga jiddiy kirishgan. Vaziyatni boshqa klublar ham kuzatmoqda.

Ekrem Konur xabariga ko'ra, Fenerbaxche Gonsalo Garsiya transferini yakunlashga jiddiy kirishgan.

Shuningdek, vaziyatni Dortmundning Borussiya, Betis va Fulxem klublari ham kuzatib bormoqda.