Davinson Sanchez transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda
Fanatik xabariga ko'ra, «Komo» va «Galatasaroy» Davinson Sanches transferi borasida kelisha olmayapti. Klublar o'rtasidagi narx farqi katta.
📰 Fanatik xabariga ko'ra, «Komo» va «Galatasaroy» o'rtasida Davinson Sanches transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
«Komo» yaqinda 20 million yevro va bonuslar taklif qildi, «Galatasaroy» rahbariyati esa 30 million yevro va bonuslar talab qilmoqda. Bundan tashqari, «Galatasaroy» rahbariyati bilan Gardi muzokaralar olib bormoqda.