Lotar Matteus Jamol Musialaning jarohatlaridan so'ng o'z formasini tiklab olishi va tarkibdagi raqobatga tayyor turishi kerakligini ta'kidladi.
🗣 Lotar Matteus Jamol Musiala haqida:
«Bundan ortiq bahona bo'lishi mumkin emas. Qachondir bir yil avval olingan og'ir jarohat bilan bog'liq sahifani yopish kerak. U buni butunlay ortda qoldirishi zarur. Bu juda muhim, chunki tarkibdagi yuqori raqobat sharoitida u o'yinlarning ko'p qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazib yuborish xavfi ostida qolmoqda».
Germaniya terma jamoasidagi tarkib o'zgarishlari borasida Didi Xamann, Mario Basler va Lotar Matteus o'z fikrlarini bildirishdi.
🚨 Germaniya terma jamoasi va "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachilari Didi Xamann va Mario Basler milliy jamoa tarkibida kelajak uchun "tozalash" o'tkazishni talab qilmoqdalar.
✨ Xamann:
Men Yozua Kimmix, Leon Goretska va Leroy Sane terma jamoada boshqa rol o'ynamasligi kerak deb hisoblayman. Biz oxirgi beshta turnirda chorak finaldan nariga o'ta olmadik, hatto oxirgi uchta jahon chempionatida 1/8 finalga ham chiqa olmadik. Nega ikki yildan keyin ular bilan jamoada hammasi boshqacha bo'lishi kerak?
✨ Basler:
Haqiqiy tozalash kerak. Mening nazarimda, to'rt yoki besh nafar o'yinchi, jumladan sardorimiz ham jamoada qolmasligi kerak. Yozua Kimmix terma jamoada kelajagi yo'qligini tushunib yetadigan vaqt keldi. Leroy Sane, Antonio Ryudiger, Paskal Gross — bular mening fikrimcha, milliy jamoada o'z o'rniga ega bo'lmagan futbolchilar. Bizga yosh, och o'yinchilardan iborat butunlay yangi qiyofa kerak. Bizga bu "siqib chiqarilgan" o'yinchilar kerak emas. Yozua shunchaki juda sekin. Vaqt unga nisbatan to'xtab turmaydi, u yanada sekinlashadi. O'ylaymanki, agar "Bavariya" ham unga tayanib qolsa, yaqin kelajakda muammoga duch keladi. U juda sekin va yakkakurashlarda kuchsiz.
✨ Shu bilan birga, Lotar Matteus Kimmixning Germaniya terma jamoasida asosiy o'yinchi bo'lib qolishini qo'llab-quvvatladi:
Garchi u ajoyib jahon chempionatini o'tkazmagan bo'lsa-da, men baribir Yozua Kimmixni yangi murabbiy qo'l ostida asosiy figura va sardor sifatida ko'raman. Ammo u o'ziga mos joyda, ko'proq ta'sir o'tkaza oladigan pozitsiyada o'ynashi kerak. Jonatan Ta va Niko Shlotterbek ham jamoaning yuziga aylanishlari mumkin.
«Bavariya» afsonasi Lotar Matteus Maykl Olisening «Real Madrid»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Lotar Matteus («Bavariya» sobiq yarim himoyachisi):
Olisening «Real Madrid»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarmi? Men «Real»da o'ynash istagini tushunaman. Har bir futbolchi faoliyatining qaysidir bosqichida «Madrid»da to'p surishni xohlaydi.
Ammo «Bavariya» Olise bo'yicha hech qanday muzokara olib bormaydi. Klubdagilar OAVda tarqalayotgan bu kabi xabarlardan shunchaki kulishadi. Shu sababli, hozirgi vaqtda Olisening yozda «Real Madrid»ga o'tish ehtimolini deyarli 0 foiz deb baholayman.
Bundan tashqari, «Bavariya» Olise bilan shartnomani yaxshilangan shartlar asosida uzaytiradi, deb o'ylayman.
Lotar Matteus Maykl Olizening "Real Madrid"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Lotar Matteus:
«Shaxsan men "Real Madrid"da o'ynash istagini tushuna olaman. Har bir futbolchi qaysidir pallada "Real Madrid"da o'ynashni xohlaydi. Ammo "Bavariya" hech qanday muzokaralar olib bormaydi. Ular shunchaki sarlavhalardan kulib qo'yishadi.
Olize kelasi yili "Real Madrid"da o'ynash ehtimolini deyarli nolga teng deb baholayman. O'ylashimcha, "Bavariya" uning shartnomasini uzaytiradi va maoshini oshiradi»
Lotar Matteus Maykl Olisening "Real"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
💭 Lotar Matteus:
"Shaxsan men "Real"da o'ynash istagini tushunaman. Har bir futbolchi qachondir shu klubda to'p surishni orzu qiladi. Ammo "Bavariya" bunday takliflarni muhokama ham qilmaydi — ular shunchaki bunday sarlavhalardan kulishadi. Maykl Olise kelasi yili "Real"ga o'tish ehtimolini men deyarli nolga teng deb baholayman. O'ylaymanki, "Bavariya" u bilan shartnomani uzaytiradi va maoshini oshiradi".