Komo Davinson Sanches transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Fanatik xabariga ko'ra, klub uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng futbolchining tomoni bilan kelishuvga erishgan. Biroq, hozircha Galatasaroy bilan kelishib olishning imkoni bo'lmayapti.
Turkiya klubi rahbariyati 35 million yevrodan kam bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor emasligini ma'lum qildi. Davinson Sanchesning Galatasaroy bilan amaldagi shartnomasi yana 3 yilga mo'ljallangan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!