«Roma» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun nomzodlarni tanlamoqda
«Roma» Doniyell Malenga o'rinbosar sifatida Nikolo Tresoldi yoki Santyago Kastroni ko'rib chiqmoqda. Klub yangi hujumchi uchun 30 million yevrodan ortiq mablag' ajratmoqchi.
«Roma» Doniyell Malenga raqobatdosh bo'la oladigan markaziy hujumchini qidirmoqda. Klub shunchaki zaxira o'yinchisini emas, balki kelajakka sarmoya sifatida qaraladigan yosh va tayyor hujumchini izlayapti. Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, bu tanlov murabbiy Artyom Dovbik va yosh Robinio Vazega ishonch bildirmayotganidan dalolat beradi, ularning ikkisi ham tez orada klubni tark etishi mumkin.
Nomzodlar ro'yxatida birinchi o'rinda Nikolo Tresoldi turibdi. Il Romanista yozishicha, «Roma» va Gasperini uni jismoniy va texnik xususiyatlari tufayli ideal nomzod deb hisoblashadi. 21 yoshli «Bryugge» hujumchisi tezkor, dinamik va chuqurlikdan hujum qilish qobiliyatiga ega. «Bryugge» futbolchini taxminan 40 million yevroga baholamoqda, «Roma» esa bonuslar bilan birga 35 million yevro atrofida taklif qilishni rejalashtirmoqda.
alfredopedulla.com ma'lumotiga ko'ra, asosiy muqobil variant — «Bolonya» hujumchisi Santyago Kastro. U 30-35 million yevroga baholanmoqda. Kastro Tresoldidan farqli o'laroq, ko'proq harakatchan va o'yin qurishda faol ishtirok etadigan hujumchi hisoblanadi.
«Roma» har ikki tomon bilan ishlashda davom etmoqda, ammo hozircha Tresoldi ustuvor variant sifatida ko'rilmoqda.