Leypsig bosh direktori Diomande transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Leypsig bosh direktori Shefer Diomandening Real Madridga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Leypsig bosh direktori Shefer Diomandening Real Madridga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi:
Diomandening Real Madridga o'tishi haqidagi mish-mishlarmi? Ayrim "transfer ekspertlari" bir necha kun oldin bitim yakunlangani yoki "Here we go" deb e'lon qilgani aniq. Ammo aslida bunday emas. Hozircha biz muzokaralarning bunday bosqichida emasmiz.