Strasbourg klubi bo'yicha eng ishonchli manba Siril Oliv-Bert tasdiqlashicha, Galatasaroyning Ensiso bilan qiziqishi, shuningdek, Roma klubining Moreyra bo'yicha olib borayotgan muzokaralari haqiqatga yaqin. Uning so'zlariga ko'ra, har ikki futbolchining narxi qariyb 35 million yevroni tashkil etadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Moreyra jamoani tark etish uchun ruxsat olgan va maoshi ikki baravar oshadigan to'rt yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan. Muzokaralar ijobiy davom etmoqda va kelishuv yaqin vaqt ichida yakunlanishi mumkin.
Ensiso masalasiga kelsak, Paragvay matbuoti xabariga ko'ra, u Galatasaroyning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Klub uni Dris Mertensga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!