Rafael Leau transferi kutilganidan qiyinroq kechmoqda
MilanAC ↗ ●●●●○ Transfer 👁 4

Rafael Leau transferi kutilganidan qiyinroq kechmoqda

Rafael Leau o'z xohishi bilan ketishini ma'lum qilganidan so'ng, ko'pchilik Angliya Premyer ligasidan takliflar kutgandi. Ammo Angliyadan takliflar kelib tushmadi.

Hozirda haqiqiy da'vogarlar sifatida faqat ikki klub qolmoqda:

✔️ Fenerbaxche
✔️ Galatasaroy

Turkiya klublari Leauga yiliga 10 million yevro atrofida maosh to'lashga tayyor, biroq Milan so'rayotgan 50–60 million yevroni to'lashga shoshilmayapti. Hozircha taklif etilayotgan maksimal summa bonuslar bilan birga 40–45 million yevroni tashkil etmoqda.

Jerri Kardinale uchun haqiqat lahzasi yaqinlashmoqda: narxni yuqori ushlab qolish yoki xaridorlarsiz qolib ketmaslik uchun talablarni pasaytirish.

Kelgusi hafta Rafael Leauning taqdiri va Milan transfer rejalarining kelajagini belgilab berishi mumkin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!