Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Brentford — yangiliklari

Brentford va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Roma chap qanot hujumchisi izlamoqda
АS ROMA ↗ Transfer

Roma chap qanot hujumchisi izlamoqda

Roma chap qanot vingeri izlamoqda. Antonio Nusa asosiy maqsad, biroq klub Jeymi Leveling variantini ham ko'rib chiqmoqda.

Oldindagi hafta Roma uchun transfer oynasidagi hal qiluvchi pallaga aylanadi. Klub ayniqsa chap qanot vingeri pozitsiyasini kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Corsera xabariga ko'ra, bu hafta Antonio Nusa transferi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Toni D'Amiko va Jan Pero Gasperini norvegiyalik futbolchini asosiy nishon sifatida ko'rmoqda. Nusa poytaxt klubiga o'tishga moyillik bildirgan bo'lsa-da, Leyptsig o'z futbolchisi uchun 60 million yevro talab qilmoqda. Roma nemis klubi talablarini qondira oladimi yoki yo'q, buni aniqlash uchun bir necha soat vaqt ajratgan.

Shu sababli, Jallorossilar rahbariyati muqobil variantlar ustida ham ishlamoqda. Corriere della Sera ma'lumotiga ko'ra, Shtutgart hujumchisi Jeymi Leveling nomzodi jiddiy ko'rib chiqilmoqda. 25 yoshli futbolchi har ikki qanotda birdek harakat qila oladi va tezligi hamda universalligi bilan ajralib turadi. Biroq, bu transfer ham qimmatga tushishi mumkin: Shtutgart o'z o'yinchisini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.

Agar Roma Leyptsig bilan kelishuvga erisha olmasa, Bundesligadagi boshqa variantlarga, xususan Levelingga e'tibor qaratishi mumkin. Brentfordin Kevin Shade ham nomzodlar qatorida, ammo Nusa hanuzgacha asosiy maqsad bo'lib qolmoqda. D'Amiko shu hafta ichida yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda.

Brayan Mbeumo o'zining sevimli pozitsiyasi haqida gapirdi

Brayan Mbeumo o'zining sevimli pozitsiyasi haqida gapirdi

Brentford hujumchisi Brayan Mbeumo o'zining maydondagi sevimli pozitsiyasi va o'yin rejasi haqida fikr bildirdi.

Brayan Mbeumo:

O'yindan oldin aniq rejamiz bor edi va hamma unga amal qildi. Maydonda o'ynashdan zavq oldim!
Sevimli pozitsiyam? Qaysi birini tanlashni ham bilmayman. Shubhasiz, o'ng qanotda ajoyib vaziyatlarim bo'ldi, lekin hujumchi pozitsiyasida ham yaxshi o'ynadim.
Qanotda tajribam ko'proq, shuning uchun uni tanlasam kerak, lekin hujumchi sifatida o'ynash ham menga yoqadi.
«Inter» Maykl Kayode transferi bilan qiziqmoqda
Brentford ↗ Transfer

«Inter» Maykl Kayode transferi bilan qiziqmoqda

«Inter» Maykl Kayodeni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda, ammo «Brentford» futbolchi uchun kamida 35 million yevro talab qilmoqda.

Ekrem Konur xabariga ko'ra, «Inter» Maykl Kayode atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

«Brentford» futbolchini kamida 35 million yevroga baholamoqda. O'yinchining Italiyaga qaytishi bundan pastroq summa evaziga amalga oshmaydi. «Inter» faqatgina byudjet ajratilgan taqdirdagina harakat boshlaydi.