#Kristian Pulishich — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

ESPN jahon chempionatining eng yomon o'yinchilari ramziy terma jamoasini tuzdi
MilanAC ↗ Umumiy

ESPN jahon chempionatining eng yomon o'yinchilari ramziy terma jamoasini tuzdi

ESPN jahon chempionatida o'z muxlislarini ko'proq xafa qilgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

ESPN nashri jahon chempionatida o'z muxlislarini ko'proq xafa qilgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan Kristian Pulishich ham o'rin oldi.

Kristian Pulishich jarohati kutilganidan jiddiyroq
MilanAC ↗ Umumiy

Kristian Pulishich jarohati kutilganidan jiddiyroq

Kristian Pulishich Belgiya bilan o'yinda jarohat oldi. Futbolchi 3-6 haftaga safdan chiqdi va A Seriya startini o'tkazib yuborishi mumkin.

Tibbiyot shtabidan olingan yangi ma'lumotlarga ko'ra, Kristian Belgiya bilan o'yinning 60-daqiqasida kichik boldir suyagining yoriqini olgan 😟

Tiklanish muddati: 3-6 hafta.

Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, futbolchining A Seriya doirasidagi Torino bilan mavsum ochilish o'yinida maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda. Vaziyat shundaki, reabilitatsiya davri ta'til vaqtiga to'g'ri keladi, bu esa o'yinchining mashg'ulotlarga tayyorgarliksiz qaytishini anglatadi.

O'tgan mavsumda ham mushaklardagi jarohatlar bilan qiynalgan futbolchining jismoniy holati yana savol ostida qolmoqda. Kristian yangi loyihaning markaziy figurasi ekanligini hisobga olsak, klub uning yuklamalarini boshqarishda ehtiyotkor bo'lishi kerak 🔴⚫

Kristianning tezroq safga qaytishini tilab qolamiz.

O'ng ustun yangiliklari

Milan Pulishichni sotmoqchi emas
MilanAC ↗ Transfer

Milan Pulishichni sotmoqchi emas

Kristian Pulishichga qiziqish ortmoqda, ammo Milan futbolchini sotishni rejalashtirmayapti va u bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Kristian Pulishichga qiziqish ortib bormoqda, ammo Milan o'z qarorini ma'lum qildi.

MLSdan keyin amerikalik futbolchi bilan Galatasaroy ham qiziqib qoldi.

Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, Turkiya klubi Milan futbolchisi bo'yicha dastlabki so'rovni amalga oshirgan. Hozircha gap faqat ma'lumot yig'ish haqida ketmoqda: na futbolchiga va na rossonerilarga rasmiy takliflar kelib tushgan.

Biroq, Milan jamoa yetakchilaridan birini qo'yib yuborish niyatida emas. Qolaversa, Kardinale va Amorim Pulishichni yangi loyihaning asosiy figurasi qilmoqchi va unga yangi shartnoma tayyorlamoqda.