Jamal Musiala "Bavariya"ning Osiyo turiga bormaydi. Yarim himoyachi Myunxenda qolib, individual dastur asosida shug'ullanadi.
"Bavariya" Jamal Musiala bilan tavakkal qilmoqchi emas va unga ortiqcha bosim o'tkazishni istamayapti.
Vensan Kompani hamda reabilitatsiya va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar bilan kelishilgan holda maxsus reja ishlab chiqildi.
Musiala jamoa bilan Osiyoga bormaydi. Bu unga qo'shimcha yuklama beradigan uzoq parvoz va PR-tadbirlardan qochish uchun qilingan.
U Myunxenda qolib, individual tarzda shug'ullanadi. Jamoa Osiyodan qaytgach, Musiala asta-sekin umumiy mashg'ulotlarga qo'shiladi.
Maqsad — uni "Dortmund"ga qarshi Superkubok bahsiga tayyor holatga keltirish. Shundan so'ng, o'tgan mavsumdagi jahon chempionati bosimisiz, uni bosqichma-bosqich optimal sport formasiga qaytarish rejalashtirilgan.
Mas'ullar optimistik kayfiyatda va Musiala bu mavsumda o'zining eng yaxshi o'yin darajasiga qaytishiga ishonishmoqda.
Jamol Musiala jamoa bilan Osiyo turnesiga bormaydi va Myunxenda individual shug'ullanadi. Futbolchi 22-avgustdagi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.
❌ Jamol Musiala 1-avgust kuni jamoa bilan Osiyoga uchmaydi.
✔️ Buning o'rniga u Myuniga u Myunxenda qolib, Zebenerstrasse bazasida yakka tartibda shug'ullanadi. Jamoa turdan qaytishi bilan Musiala umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.
👀 Agar barchasi reja bo'yicha ketsa, futbolchi Frans Bekkenbauer superkubogi doirasida Dortmundga qarshi o'yinda (22-avgust) maydonga tushishga tayyor bo'ladi.
📈 Chap oyog'idagi metall plastinka olib tashlanganidan so'ng, Musiala nihoyat erkinroq harakat qila olishiga katta umidlar bog'lanmoqda.
Lotar Matteus Jamol Musialaning jarohatlaridan so'ng o'z formasini tiklab olishi va tarkibdagi raqobatga tayyor turishi kerakligini ta'kidladi.
🗣 Lotar Matteus Jamol Musiala haqida:
«Bundan ortiq bahona bo'lishi mumkin emas. Qachondir bir yil avval olingan og'ir jarohat bilan bog'liq sahifani yopish kerak. U buni butunlay ortda qoldirishi zarur. Bu juda muhim, chunki tarkibdagi yuqori raqobat sharoitida u o'yinlarning ko'p qismini zaxira o'rindig'ida o'tkazib yuborish xavfi ostida qolmoqda».
Teamnewsandtix xabariga ko'ra, "Arsenal" elit darajadagi futbolchilarni, jumladan Vinisius Junior, Kvarasxeliya va Jamal Musialani kuzatmoqda.
Tiks o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uning so'zlari Kronkening may oyi oxirida aytgan bayonotiga mos keladi. Unga ko'ra, "Arsenal" jamoani yangi bosqichga olib chiqa oladigan "transformatsion" o'yinchi uchun 100 million funtdan ortiq mablag' sarflashga tayyor.
🚨 Teamnewsandtix xabariga ko'ra: Yanvar oyidan beri "Arsenal" elit darajadagi futbolchini qidirayotganini eshitganman. Men uch nafar futbolchi haqida eshitdim: Vinisius Junior, Kvarasxeliya va Jamal Musiala.
Bavariya Osiyo turnesiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoaning qaysi futbolchilari safga qaytishi va kimlar turneni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.
Bavariya hali jahon chempionati boshlanmasidan oldin chorak finalga qadar yetib bormagan futbolchilari 1-8 avgust kunlari Osiyo bo'ylab o'tkaziladigan mavsumoldi turnesiga yo'l olishi haqida qaror qabul qilgandi.
Shu tariqa, Olise, Keyn va Upamekano tarkibdan tashqarida qolishadi.
Jahon chempionatida son qismidan jarohat olgan Ismael Saybari yaqin kunlarda Myunxenda tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Shundan so'ng uning jamoa bilan Osiyoga uchishi masalasiga oydinlik kiritiladi. Jamol Musiala va Alfonso Devis esa safda bo'lishi hamda turneda ishtirok etishi kutilmoqda.
Jamal Musiala jarohatdan saqlanish maqsadida «Bavariya»ning Osiyo turnesida ishtirok etmaydi va Myunxenda qoladi.
👀 «Bavariya» Jamal Musialaning sog'lig'i bilan tavakkal qilishni istamayapti.
❌ Yarim himoyachi ortiqcha yuklamalardan qochish uchun jamoa bilan Osiyo turnesiga uchmaydi va Myunxenda individual mashg'ulotlarni davom ettiradi.
📺 Jamoa qaytgandan so'ng, Musiala asta-sekin mashg'ulotlarga qo'shila boshlaydi. Maqsad — uni Dortmundning «Borussiya»siga qarshi Superkubok bahsiga tayyorlash, keyin esa shoshilmasdan optimal sport formasiga olib chiqish. Klubdagilar futbolchi bu mavsumda o'zining eng yaxshi darajasiga qayta olishiga ishonch bildirmoqda.
Bavariya avgust oyida Xarri Keyn bilan yangi shartnoma borasida rasmiy muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
🆕 Bavariya avgust oyi boshida, Xarri Keyn ta’tildan qaytishi bilan uning shartnomasi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlaydi.
📈 Angliyalik hujumchi ayni damda Bavariya safida Jamol Musiala bilan bir qatorda yiliga taxminan 25 million yevro maosh oladigan eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi.
❌ Bavariya odatda 30 yoshdan oshgan o‘yinchilarning maoshini qisqartirishga intiladi, ammo Keyn masalasida maoshni kamaytirish muhokama qilinmaydi.
✔️ Keyn boshqa klublardan takliflar olgan, ammo u uchun Bavariya o‘z karyera rejalari uchun ideal klub ekanligi doimo aniq bo‘lgan.
👀 Muzokaralar uchun hal qiluvchi masala yangi shartnoma muddati bo‘ladi. Bavariya Keynga kamida 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qiladi.
⚠️ Shu bilan birga, hujumchi allaqachon 2030-yilgi jahon chempionatiga e’tibor qaratgan va o‘sha vaqtgacha yuqori saviyada o‘ynashni davom ettirmoqchi.
🔖 Shu tariqa, vaziyat quyidagicha bo‘ladi: yo kamroq maosh bilan uzoqroq muddatli shartnoma (2030-yilgacha), yoki yuqoriroq maosh bilan qisqaroq muddatli shartnoma (2029-yilgacha).
Galatasaroy klubi Jamol Musiala va Bavariya bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
👋 "Galatasaroy" klubi Turkiya matbuotida tarqalgan so'nggi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi:
"Klubimizning Jamol Musiala va "Bavariya" bilan kelishuvga erishgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Buni jamoatchilik e'tiboriga havola etamiz."