#Vensan Kompani — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Bavariya Bara Sapoko Ndiayeni o'z safiga qo'shib oldi
Die Bayern ↗ Transfer

Bavariya Bara Sapoko Ndiayeni o'z safiga qo'shib oldi

Bavariya 18 yoshli senegallik iqtidor Bara Sapoko Ndiayeni o'z safiga qo'shib oldi. Shartnoma 2031-yilga qadar mo'ljallangan.

Bavariya Bara Sapoko Ndiayeni doimiy asosda transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.

18 yoshli senegallik iqtidorli futbolchi 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Rasmiy qadamlar va e'lon keyingi haftada amalga oshiriladi.

Bara jamoada qolish imkoniyatiga ega bo'ladi, chunki Kompani uning o'yinini yuqori baholaydi.

Fabrizio Romano xabariga ko'ra.

Vensan Kompani hujum chizig'idagi o'yinchilar yetishmayapti

Vensan Kompani hujum chizig'idagi o'yinchilar yetishmayapti

Bosh murabbiy Vensan Kompani hujum chizig'idagi o'yinchilar yetishmovchiligi muammosiga duch kelishi mumkin

⚠️⚽️ Bosh murabbiy Vensan Kompani hujum chizig'idagi o'yinchilar yetishmovchiligi muammosiga duch kelishi mumkin

❌ 20-iyul kuni mavsumoldi tayyorgarlik boshlanishiga qadar hujumkor futbolchilarning hech biri jamoaga to'liq tayyorgarlik holatida qo'shila olmasligi kutilmoqda


👀 Ko'rinishidan, 27-30-iyul kunlari Tegernzeda bo'lib o'tadigan o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida ham xuddi shunday vaziyat saqlanib qoladi. Gap Keyn, Olise, Dias, Saybari, Karle, Gnabri va Musiala haqida bormoqda

ℹ️ Qolaversa, Keyn, Olise va Diasning (1-8-avgustga rejalashtirilgan) Osiyo turnesiga borish-bormasligi ko'p jihatdan ularning jahon chempionatidan keyin qancha dam olishiga bog'liq


📉 Eng yomon holatda, bu uchlik «Bavariya» safiga faqat Osiyo turnesi yakunlangandan keyingina qo'shila oladi

✔️ Kompani ularga kelgusi mavsum oldidan to'liq dam olish va tiklanish imkonini bermoqchi


📰 BILD

 

O'ng ustun yangiliklari

Vensan Kompani: Yosh o'yinchilar uchun yaxshi imkoniyat
Die Bayern ↗ Matbuot

Vensan Kompani: Yosh o'yinchilar uchun yaxshi imkoniyat

Bavariya bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning tayyorgarlik jarayoni va yosh o'yinchilarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi.

Vensan Kompani:

«Biz yana ish boshlayotganimizdan xursandmiz. Tarkibimizda jahon chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilar yo'q, bu esa boshqa o'yinchilar uchun imkoniyat degani. Bu yosh futbolchilarimiz uchun kuchli raqibga qarshi yaxshi sinov bo'ladi»
Bavariya Bar Sapoko Ndiaye transferi ustida ishlamoqda
Die Bayern ↗ Transfer

Bavariya Bar Sapoko Ndiaye transferi ustida ishlamoqda

Bavariya Bar Sapoko Ndiayeni transfer qilishga yaqin. Florian Plettenberg xabariga ko'ra, klub yarim himoyani yangi futbolchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirmayapti.

📈 "Bavariya" Bar Sapoko Ndiayeni doimiy asosda o'z safiga qo'shib olish uchun faol harakat qilmoqda.

✔️ "Gambinos Starz" bilan muzokaralar davom etmoqda, transfer summasi muhokama qilinmoqda.

👀 Bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda, ammo senegallik futbolchi aynan "Bavariya"ga o'tishni istaydi.

ℹ️ Tomonlar o'rtasida 5 yillik shartnoma loyihasi tayyor va Vensan Kompani uni uzoq muddatli rejalariga kiritgan.

❌ Ndiayedan tashqari, "Bavariya" yozgi transfer oynasida yarim himoya chizig'iga boshqa futbolchilarni jalb etishni rejalashtirmayapti.

✔️ Klub yangi mavsumni Yozua Kimmix, Aleksandr Pavlovich va Tom Bishof bilan boshlash niyatida.

🔖 Konrad Laymer va yangi o'yinchi Nataniyel Braun zarurat tug'ilganda variant sifatida ko'rilmoqda, shuningdek, Jamol Musiala va Lennart Karl ham favqulodda vaziyatlarda yordamga kelishi mumkin.

❌ Leon Goretskaning ketishi munosabati bilan uning o'rniga yangi futbolchi xarid qilinmaydi — tarkibdagi mavjud resurslar hisobiga bo'shliq to'ldiriladi.

📰 Florian Plettenberg