📻 RMC Sport xabariga ko'ra, Leyptsig klubi Diomande uchun 130 million yevro talab qilmoqda.
📻 Cope ma'lumotiga ko'ra, Real Madrid Diomande transferi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda. PSJ futbolchi uchun kurashda yetakchi bo'lib turgandi, ammo endi madridliklar uni qo'lga kiritishiga to'liq ishonch bildirmoqda. Bundan tashqari, Madrid klubi yozda nafaqat Diomande, balki Rodrini ham sotib olishni istaydi.
📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Arsenal va Manchester Siti Diomande transferi bo'yicha vaziyatni o'rganib ko'rishdi, ammo vinger bu jamoalarda o'ynash niyatida emas. PSJ bilan raqobatlashayotgan yagona klub bu - Real Madrid. Madridliklar Leyptsigga ivuarlik futbolchi uchun yangi taklif bilan chiqishlarini ma'lum qilishdi. Mourinyu jamoa hujumiga tezlik qo'shmoqchi, shu bois Diomande transferi Madrid uchun ustuvor vazifa hisoblanadi".
🖥 The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Madrid murabbiylar shtabi Diomandening JChdagi o'yinidan qoyil qolgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!