#Joau Palinya — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Joau Palinya mashg'ulotda jarohat oldi

Joau Palinya mashg'ulotda jarohat oldi

BILD xabariga ko'ra, Joau Palinya "Bavariya" mashg'ulotida Kim Min Je bilan to'qnashuvdan so'ng jarohat oldi, ammo mashg'ulotni yakunlashga muvaffaq bo'ldi.

👀 Joau Palinya mashg'ulotda Kim Min Je bilan to'qnashuvdan so'ng chap boldir qismidan jarohat oldi.

BILD xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi og'riqdan yerga yiqildi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi, Kim esa darhol uning oldiga kelib uzr so'radi. Shish paydo bo'lganiga qaramay, Palinya mashg'ulotni davom ettira oldi. Mashg'ulotdan so'ng esa u oyog'iga teyp bog'lagan holda velosipedda mehmonxonaga qaytdi.

Joao Palinya faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin
MilanAC ↗ Transfer

Joao Palinya faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin

Joao Palinya faoliyatini Portugaliyada davom ettirmoqchi. Futbolchi vataniga qaytishni asosiy maqsad deb bilmoqda.

Joao Palinya o'z kelajagi borasida ochiq fikr bildirdi. CNN Portugal xabariga ko'ra, futbolchi imkon qadar tezroq o'z vataniga qaytishni asosiy maqsad deb bilmoqda 😕

CNN Portugal xabariga ko'ra, futbolchining o'zi asosiy maqsad imkon qadar tezroq vataniga qaytish ekanligini ma'lum qildi.

Benfika klubi aynan shunday profilga ega tayanch yarim himoyachisiga ehtiyoj sezmoqda va vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda 🏠

Bavariya futbolchini taxminan 25 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor 💰

Qiziq tomoni shundaki, Palinya Milan va Yuventus klublariga ham taklif qilingan, ammo futbolchining o'zi Portugaliyaga qaytishni afzal ko'rmoqda.

O'ng ustun yangiliklari