Sky Sport DE xabariga ko'ra, «Roma» «Milan»dan ketishni istayotgan portugaliyalik hujumchi Rafael Leaoni o'z safiga qo'shib olishni jiddiy ko'rib chiqmoqda. Bu futbolchi Jan Pero Gasperini uchun qiziq variant bo'lib, murabbiy uning iqtidorini qayta kashf etish ustida ishlashni istamoqda.
«Milan»dagi faoliyati davomida Leao yuqori saviyadagi iqtidorini ko'rsatgan bo'lsa-da, barqarorlik masalasida muammolarga duch keldi. Aynan shu jihat «Roma» murabbiyi uchun qiziqarli texnik vazifa bo'lishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, «Roma» uzoq muddatli bitim, masalan, sotib olish majburiyati bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq asosiy muammo nafaqat futbolchining narxida.
Transfer yo'lidagi asosiy to'siq — futbolchining maoshi. Ayni damda Leao «Milan»da yiliga 5 million yevro atrofida maosh oladi, bu esa «Roma»ning yangi futbolchilar uchun belgilagan maosh chegarasidan yuqoriroq. «Jallorossi» maksimal 4-4,5 million yevro atrofida to'lamoqchi, bu esa futbolchidan maoshini kamaytirishni talab qiladi. Bu esa eng murakkab masala. Ma'lumotlarga ko'ra, Leao «Galatasaroy»ga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqish uchun hozirgi «Milan»dagidan ham yuqoriroq maosh so'ragan. Bu holat hozircha «Roma»ning rejalariga mos kelmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!