Froynd: Palinya va Boe jamoani tark etishi kerak
Die Bayern ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Froynd: Palinya va Boe jamoani tark etishi kerak

Froynd Palinya va Boe haqida:

Ular biz bilan mashg'ulot o'tkazmoqda, ammo kelajakda asosiy tarkibda muhim rol o'ynamaydi — buni o'zlari ham tushunib turishibdi. Ikkalasi ham yaxshi futbolchilar. Endilikda ular biz bilan mashg'ulotlarda va o'yinlarda qatnashishda davom etishadi, ammo rejamiz bo'yicha ular faoliyatlarida keyingi qadamni boshqa joyda qo'yishlari kerak.

Siz ularning yana ijaraga berilishini istisno qila olasizmi?

Froynd:

Bu bizning rejalarimizga kirmaydi, lekin transfer bozorida hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi. Menimcha, ikkalasi ham yaxshi futbolchilar va ularga talab bor. Joau «Tottenxem»ning Premer-ligada qolishida muhim omil bo'lgandi. Sasha esa Turkiyada yaxshi o'yinlar o'tkazdi. O'ylaymanki, ular ko'plab jamoalarga mos tushadigan sifatli o'yinchilar.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!