Roma klubi chap qanotni kuchaytirish uchun Diego Moreyrani asosiy nishon sifatida belgilab oldi. Bu bosh murabbiy Jan Pero Gasperini qo'ygan uchta asosiy talabdan biri hisoblanadi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, fransuz klubi futbolchini 40 million yevroga baholamoqda. Biroq Roma narxni tushirishga umid qilmoqda, chunki o'yinchi Chempionlar ligasida o'ynashni istaydi va hozirgi 800 000 yevrolik yillik maoshini oshirmoqchi.
Rimliklar uchun asosiy to'siq bu Strasbur bilan bir xil xolding kompaniyasiga (BlueCo guruhi) tegishli bo'lgan va futbolchini qaytarib sotib olish huquqiga ega bo'lgan Chelsi klubidir.
Shunga qaramay, Roma va London klubi o'rtasida Alexandro Garnacho transferi bo'yicha bo'lib o'tgan muzokaralar davomida Chelsi Moreyrani Italiyaga o'tishiga qarshilik qilmasligi ma'lum bo'ldi. Ayni damda ular murabbiy Xabi Alonso taklifiga binoan Rayo Valyekano futbolchisi Pep Chavarrioni sotib olishga e'tibor qaratishgan.
Shu tariqa, jallorossilar Belgiya terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlanishini kutishmoqda, shundan so'ng rasmiy taklif bilan chiqishadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!