Vilfrid Singo uchun kurash qizg'in pallada
«Inter» Vilfrid Singoni ijaraga olib, sotib olishni rejalashtirmoqda. Himoyachi uchun shuningdek «Atletiko» va «Nottingem Forest» ham da'vogarlik qilmoqda.
YS Scores xabariga ko'ra, «Inter» Vilfrid Singoni o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda. Milan klubi himoyachini ijaraga olib, keyinchalik sotib olish majburiyati bilan transfer qilmoqchi.
Singo uchun kurash faqat «Inter» bilan cheklanib qolmaydi. «Atletiko Madrid» va «Nottingem Forest» ham futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Agar «Inter» bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ushbu klublar transfer uchun harakatni boshlashga tayyor.