Jamol Musiala mashg'ulotlarga qaytdi
Jamol Musiala yakuniy tibbiy ko'rikdan o'tdi va mashg'ulotlarga qaytdi. Yarim himoyachi operatsiyadan so'ng sport formasini tiklamoqda.
Kessler Philipp xabariga ko'ra, Jamol Musiala bugun yakuniy tibbiy ko'rikdan o'tdi va shundan so'ng maydonda uzoq vaqt ishladi.
Yarim himoyachi metall plastinani olib tashlash bo'yicha operatsiyadan so'ng sport formasini tiklashda davom etmoqda.