May oyi oxiridan beri Rafael Leao jamoasini o'zgartirmoqchi ekanini va Angliya yoki Ispaniyada o'ynashni orzu qilayotganini ochiq aytib kelmoqda. Biroq, bir oy o'tgan bo'lsa-da, aniq takliflar kelib tushgani yo'q 😕
Agentlar «Manchester Yunayted» va «Chelsi» bilan bog'lanishdi, ammo ular kutgan javobni olishmadi.
Transfer oynasi uchun belgilangan muddat — 29 iyul. Agar futbolchi shu vaqtgacha yangi klub topa olmasa, jamoa bilan Pertga yig'inga borishiga to'g'ri keladi va hozircha ish shu tomonga qarab ketmoqda.
Hozircha faqat quyidagi klublardan real qiziqish mavjud:
«Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) va Istanbulning top-klublari, xususan «Galatasaroy» — ular juda manfaatli shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ammo bu variantlarning hech biri Rafael Leaoni Angliyada o'ynash orzusidan voz kechishga unday olmayapti.
Qiziq bir jihat: «Chelsi» Morgan Rojers uchun 100 million funtdan ortiq mablag' sarfladi. Bu esa vinger izlayotgan «Aston Villa» uchun yo'l ochishi mumkin. Agar Unai Emeri futbolchining iqtidoriga ishonsa, ular Leao variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!