Real Madrid Olise transferi borasida o'z pozitsiyasini ma'lum qildi
Fabrisio Romano Real Madridning Maykl Olise transferi borasidagi rejalarini ma'lum qildi. Bavariya esa futbolchini sotmoqchi emas.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Peres Oliseni juda qadrlaydi, shu bois uni tarkibga qo'shib olishni istamoqda. Biroq bir necha kun avval Real Madrid Bavariyaga fransiyalik futbolchi sabab klublar o'rtasidagi yaxshi munosabatlarga putur yetkazmoqchi emasligini ma'lum qildi. Madridliklar prezidenti Oliseni faqat nemis klubi uni sotishga rozi bo'lgan taqdirdagina xarid qilishga tayyor, ammo bu yozda bunday holat yuz bermaydi. Hozirda Madrid klubi Diomande transferiga to'liq e'tibor qaratgan.
Bavariya sport direktori Froynd:
Olisening Real Madridga o'tishi haqidagi mish-mishlarmi? Bu biz uchun muhokama mavzusi emas. Maykl kelgusi mavsumda Bavariyada muhim rol o'ynaydi.