Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Yuventus» 27 yoshli hujumchi Randal Kolo-Muani ijaraga olmoqda. Kelishuvga ko'ra, turinliklar futbolchini 38 million yevro evaziga sotib olish majburiyatini olishadi, shuningdek, yana 12 million yevro bonuslar ko'zda tutilgan. Hujumchi klub bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
«PSJ» Kolo-Muani 2023-yil yozida «Ayntraxt»dan 95 million yevroga sotib olgan edi. Shartnoma 2028-yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, yillik amortizatsiya 19 million yevroni tashkil etadi. Uch mavsumdan so'ng futbolchining qoldiq qiymati 38 million yevroga teng.
Majburiy sotib olish sharti bitimni to'liq transfer sifatida rasmiylashtirish imkonini beradi, shu sababli «PSJ» hozirda transfer balansini nolga chiqarmoqda (38 million yevro). Barcha bonuslar faollashganda foyda sifatida hisoblanadi.
Kolo-Muani «PSJ»dagi maoshi bonuslar bilan birga yiliga 12,73 million yevroni tashkil etgan. Amortizatsiya xarajatlarining to'xtashi bilan birga parijliklar yillik xarajatlarini qariyb 31,7 million yevroga qisqartirmoqda.
«Yuventus» uchun transferning kafolatlangan qismi yiliga 7,6 million yevro amortizatsiyani tashkil etadi. Bonuslar shartlar bajarilganda xarajatlarga qo'shiladi. Futbolchining maoshi 7 million yevro (shundan 1,5 millioni bonuslar) bo'lib, bu yillik xarajatlarda jami 14,6 million yevroni tashkil etadi.
👍 Muvaffaqiyatli bitim. «PSJ» uchun asosiy yutuq – ko'proq ijaralarda yurgan futbolchi uchun qariyb 32 million yevrolik yillik xarajatlardan xalos bo'lish. «Yuve» esa A Seriyaga moslashgan va klubda o'zini ko'rsatib ulgurgan hujumchini maqbul shartlarda qo'lga kiritmoqda. 2024/25-yilgi mavsumning yarim qismida Kolo-Muani turinliklar safida 22 o'yinda 10 ta gol urishga erishdi, shu bois maksimal 50 million yevrolik sarmoya ham o'zini oqlashi mumkin. Kolo-Muani uchun ketadigan yillik xarajatlar ketgan Vlaxovichning maoshidan deyarli ikki baravar kam.