Yesper Lindstryomning «Shalke 04»ga o'tishi bo'yicha muzokaralar qayta tiklandi. Bu haqda taniqli jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.
Yesper Lindstryomning «Shalke 04»ga o'tishi bo'yicha muzokaralar qayta tiklandi.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan va daniyalik futbolchi tez orada Gelzenkirxenga ijaraga yo'l oladi.
Bu tekin ijara bo'lishi kutilmoqda – «Shalke 04» futbolchining maoshini o'z zimmasiga oladi.
Napoli Yesper Lindstryomning Shalke 04 klubiga o'tishi nega amalga oshmaganini tushuntirib, rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Klubning ushbu masala bo'yicha bayonoti:
Napoli matbuotda tarqalgan noto'g'ri ma'lumotlar munosabati bilan Yesper Lindstryomning Shalke 04 klubiga amalga oshmay qolgan transferi atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritmoqchi. Kecha shartnomaning umumiy shartlari bo'yicha xabarlar almashinilgandan so'ng — moliyaviy jihatlar va to'lov sxemasi hech qanday bahs-munozaralarga sabab bo'lmagan holda — bugun soat 13:00 da nemis klubi bizga taklif qilingan ayrim bandlar maqbul emasligini ma'lum qildi.
Ushbu qaror o'tgan dam olish kunlari ikki futbolchining jarohat olishi ortidan klubning sport-texnik ehtiyojlari o'zgargani va bu transfer strategiyasini qayta ko'rib chiqishni talab qilgani bilan izohlandi. Soat 13:22 da nemis klubiga javob yuborildi: taklif qilingan o'zgarishlar shartnoma tuzilmasining faqat detallariga taalluqli bo'lishiga qaramay, Napoli nemis tomonining yangi texnik talablarini hisobga olgan holda Shalke taklif qilgan shartnoma tahririni qabul qilishga tayyor edi. Shunga qaramay, soat 17:32 da nemis klubi tarkibni shakllantirishdagi ustuvorliklar o'zgargani sababli transferga qiziqish bildirmasligini tasdiqladi, bu esa kelishuv barbod bo'lishining haqiqiy sabablarini yaqqol ko'rsatib turibdi. Amalga oshmay qolgan transfer uchun javobgarlik masalasi uzil-kesil oydinlashganiga umid qilgan holda, Napoli o'z manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli instansiyalarda har qanday choralarni ko'rish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Yesper Lindstryomning "Shalke 04"ga o'tishi barbod bo'ldi. SKY Sport xabariga ko'ra, bunga "Napoli"ning shartnomaga so'nggi daqiqada o'zgartirish kiritgani sabab bo'lgan.
⛔️ Yesper Lindstryomning "Shalke 04"ga transferi yakuniy ravishda barbod bo'ldi.
📺 SKY Sport bu holatning sabablarini quyidagicha tushuntiradi:
O'yinchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan edi, bu odatda shartnoma imzolashdan oldingi so'nggi bosqich hisoblanadi. Biroq, hujjatlarni almashish jarayoni barcha rejalarni to'xtatib qo'ydi. "Napoli" "Shalke"ga shartnoma loyihasini yuborishda avvalroq erishilgan og'zaki kelishuvga o'zgartirishlar kiritgan. "Adzurrilar" o'z navbatida hech qanday xatoga yo'l qo'ymadik deb hisoblashadi va bu o'zgarishlarni muzokaralar jarayonidagi odatiy hol deb bilishadi.
Biroq, "Shalke"ning munosabati ijobiy bo'lmadi. Nemis klubi so'nggi daqiqadagi o'zgarishlardan norozi bo'lib, boshqacha qarashni ilgari surdi. O'zaro ishonchga asoslangan transfer shartlari endi mavjud emas deb hisoblagan "Shalke" bitimdan voz kechishga qaror qildi.
Yesper Lindstryomning «Shalke 04»ga o'tishi xavf ostida qoldi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuvda texnik va yuridik muammolar yuzaga keldi.
🚨 Yesper Lindstryomning «Shalke 04»ga o'tishi xavf ostida.
⚠️ Tomonlar o'rtasidagi kelishuvda texnik va yuridik jihatdan kelishmovchiliklar yuzaga kelgani, bu esa muzokaralarning vaqtincha to'xtatilishiga sabab bo'lgani aytilmoqda.