Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Atalanta" "Lion" vingeri Malik Fofanani o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
"Atalanta" "Lion" vingeri Malik Fofanaga e'tibor qaratdi. Futbolchi bilan so'nggi haftalarda "Roma" ham qiziqayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Bergamo klubi belgiyalik futbolchini Sarri talab qilgan hujum chizig'ini kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda.
"Tottenxem" Skalvini uchun kurashga qo'shildi. "Atalanta" futbolchini sotishni istamayapti va uni faqat katta mablag' evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
"Tottenxem" ham Skalvini uchun kurashga qo'shildi. 😟
"Atalanta" italiyalik futbolchini sotishni istamayapti va uni faqat katta mablag' evaziga qo'yib yuborishga tayyor. 💎
"Roma" va "Feyenoord" Jivayro Rid transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Futbolchi bilan "Nottingem Forest" ham qiziqmoqda.
"Roma" va "Feyenoord" klublari o'rtasida Jivayro Rid transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
"Roma" 25 million yevrolik taklif bilan chiqqanidan so'ng, niderlandiyaliklar kelishuvga erishish uchun zarur bo'lgan moliyaviy tuzilma va to'lov shartlarini o'z ichiga olgan javob taklifini yuborishdi. Klublar o'rtasidagi aloqalar davom etmoqda. "Nottingem Forest" esa futbolchining agentlariga kurashni davom ettirish istagida ekanligini bildirib, vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Rid va Jan Pyero Gasperini o'rtasida bevosita aloqa ham o'rnatilgan.
Italiya matbuoti va Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Alaybegovich «Yuventus»ga o'tishga yaqin turibdi.
😭😭😭😭😟
❌ Ayrim Italiya OAVlari va Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Alaybegovich deyarli «Yuventus»ga o'tib bo'lgan, faqat ayrim detallarni kelishib olish qoldi.
Xokins xabariga ko'ra, PSJ hujumchilar ro'yxatiga Charl De Ketelareni qo'shdi, Junior Krupi transferi esa barbod bo'lishi mumkin.
↔️ Xokins xabariga ko'ra, hujumchilar qisqa ro'yxati o'zgargan va unga Charl De Ketelare kiritilgan. Junior Krupi bilan bog'liq kelishuv esa, katta ehtimol bilan, Bornmut klubining futbolchini o'z safida olib qolish istagi tufayli bekor qilinmoqda.
«Roma» Nusa va El Maladan voz kechib, yana Kerim Alaybegovich nomzodiga qaytdi. Futbolchi uchun «Chelsi», «Atalanta» va «Napoli» ham kurashmoqda.
Nusa va El Mala «Roma» byudjeti uchun qimmatlik qilmoqda. Shu sababli, bahorgi muzokaralardan so'ng Alaybegovichning nomi yana dolzarb bo'lib turibdi. O'sha vaqtda amalga oshmay qolgan uchrashuvlar va muhokamalar endi qayta boshlanishi mumkin. Jahon chempionatidan so'ng futbolchining narxi keskin oshganini inobatga olsak, transfer «Roma»ga qo'shimcha bir necha million yevroga tushishi ham hech gap emas.
La Repubblica gazetasi muxbiri Marko Yurichning yozishicha, bosniyalik iqtidor egasi yaxshi o'yin ko'rsatib, guruh bosqichida Qatar darvozasiga gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, uning nomi Yevropadagi skautlar e'tiboriga tushdi.
Uning narxi qancha? Kamida 30 million yevro. So'nggi haftalarda aylanib yurgan narxlar bilan solishtirganda, bu summa maqbul hisoblanishi mumkin. Afsuski, bu vinger bilan birinchi bo'lib bog'langan «Roma» endi yolg'iz emas: futbolchi uchun «Chelsi», «Atalanta» va «Napoli» ham da'vogarlik qilmoqda.
Marca nashri xabariga ko'ra, Matteo Ruggeri baribir klubni tark etishi kutilmoqda. Agentning so'zlari esa shunchaki himoyachining narxini saqlab qolishga urinish.
🚨 Marca xabariga ko'ra, Matteo Ruggeri baribir klubni tark etishi kutilmoqda. Garchi himoyachining agenti boshqacha fikr bildirgan bo'lsa-da, bu bayonotlar futbolchining transfer qiymati tushib ketmasligi uchun qilingan bo'lishi mumkin.
Jan-Kler Todibo «Roma» himoyani kuchaytirish uchun ko'rib chiqayotgan futbolchilardan biri. «Yuventus» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Jan-Kler Todibo «Roma» himoyani kuchaytirish uchun ko'rib chiqayotgan futbolchilardan biri.
Ekrem Konur xabariga ko'ra, «Vest Xem»ning fransiyalik markaziy himoyachisi jamoa Premer-ligadan tushib ketganidan so'ng, ijara varianti sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. Garchi «Sammervill» bilan bog'liq muvaffaqiyatsiz bitimdan so'ng klublar o'rtasidagi munosabatlar murakkab bo'lsa-da, «Yuventus» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va avvalroq uni o'z safiga qo'shib olishga uringan edi.
Alaybegovich «Chelsi»ning qiziqishi sababli «Atalanta» bilan muzokaralarni to'xtatib turibdi. Agar shartnoma imzolanmasa, bergamoliklar boshqa variantlarni ko'rib chiqadi.
Alaybegovich «Chelsi»ning qiziqishi sababli bergamoliklar bilan muzokaralarni to'xtatib turgani haqida xabarlar tarqaldi. 😒
Agar yaqin kunlarda shartnoma imzolanmasa, «Atalanta» boshqa maqsadlarga o'tadi. 💎
Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Sassuolo» «Atalanta» yarim himoyachisi Daniel Maldinini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Sassuolo» hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan va Daniel Maldini klubning asosiy transfer nishonlaridan biriga aylangan.
24 yoshli yarim himoyachining huquqlari «Atalanta»ga tegishli. U o'tgan mavsumning ikkinchi qismini «Latsio»da o'tkazib, 14 ta o'yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ushbu transferdagi hal qiluvchi omil Kerim Alaybegovichning «Atalanta»ga o'tishi bo'lishi mumkin. Bosniyalik futbolchining transferi rasmiylashgandan so'ng, Bergamo klubi Maldinining ketishiga ruxsat berishi mumkin.
Zeki Chelik «Roma» bilan xayrlashdi. Futbolchi «Yuventus»ga o'tishi kutilmoqda va u yerda yiliga 4 million yevro maosh oladi.
Zeki Chelik «Roma» va uning muxlislari bilan xayrlashdi 👋
«Qadrli romanistlar, bugun ushbu katta oila bilan xayrlashar ekanman, so'z bilan ta'riflash qiyin bo'lgan his-tuyg'ularni boshdan kechirmoqdaman. «Roma» libosini kiyish, bu ranglar uchun kurashish va sizlarning qarshingizda maydonga tushish men uchun katta sharaf va faxr bo'ldi. Klubda o'tkazgan har bir kunim ham futbolchi, ham inson sifatida o'sishimga yordam berdi. Biz birgalikda unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik. «Roma»ning UEFA Chempionlar ligasiga qaytishiga hissa qo'shganimdan doimo faxrlanaman.
Jamoadoshlarimga, klub ravnaqi yo'lida har kuni mehnat qilayotgan barcha xodimlarga, sport direktorlariga, shuningdek, men bilan ishlash baxtiga muyassar bo'lgan barcha murabbiylar va texnik xodimlarga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Har biringiz faoliyatim va hayotimda doimo alohida o'rin tutasiz.
Menga ushbu libosni kiyish imkoniyatini bergan Joze Mourinyuga alohida minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, Daniele De Rossi, Ivan Yurich va Klaudio Ranieriga menga o'rgatgan barcha narsalari, ishonchi va qo'llab-quvvatlashlari uchun rahmat aytaman.
Yakunda Jan Pyero Gasperiniga alohida minnatdorchilik izhor qilmoqchiman. Garchi biz birga uzoq vaqt ishlamagan bo'lsak-da, uning menga ko'rsatgan ishonchi, samimiyligi va hurmati men uchun juda ko'p narsani anglatadi. Unga doimo minnatdor bo'laman.
Endi faoliyatimda yangi sahifa ochish vaqti keldi. Ammo bu klub, bu shahar va barchangiz doimo qalbimda qolasiz. «Roma»ga munosib muvaffaqiyatlarga erishishda davom etishini tilayman. Barchasi uchun katta rahmat. Zeki Chelik».
💰 Mikele De Blazis: Futbolchi «Yuventus»da mavsumiga 4 million yevro maosh oladi.
«Sevilya» futbolchisi Oso atrofidagi transfer mish-mishlari va klubning yangi himoyachi izlayotgani haqidagi xabarlar.
So'nggi kunlardagi transfer yangiliklari:
«Atalanta» Xuanlu uchun 15 million yevro taklif qildi.
«Olimpiakos» Oso uchun kurashga qo'shildi.
«Nottingem» «Sevilya»ga Oso uchun 6 million yevro taklif qildi.
Matteo Moretto: «Sevilya» «Fiorentina»ning Oso uchun qilgan 12 million yevrolik taklifini rad etdi. Yo tovon puli to'lanadi, yo hech narsa.
Di Marsio: «Sevilya» «Pumas» futbolchisi Ruben Duarte bilan dastlabki aloqalarni o'rnatdi. U Luis Garsiyaning «Alaves»ida sardor bo'lgan. Markaziy va chap qanot himoyachisi pozitsiyalarida o'ynaydi.
Agent Alessandro Lucci «Inter» prezidenti Marottaning Palestra transferi bo'yicha aytgan gaplariga munosabat bildirdi.
Alessandro Lucci: «Men «Inter» prezidenti Marottaning so'zlarini chuqur afsus bilan o'qidim. Bizni 25 yildan ortiq vaqt davomida bir nechta bitimlar tuzishga olib kelgan professional munosabatlar bog'lab turadi. «Inter» sport rahbariyati, xususan Pyero Auzilio, biz bilan Palestra transferini yakunlash imkoniyati bo'yicha doimiy va konstruktiv muloqot olib bordi. Ammo muzokaralar yakunini belgilab bergan omil matbuot anjumanida faktlarga mos ravishda yoritilmadi: 45 kun davomida men har kuni aloqada bo'lgan ikki klub yakuniy kelishuvga erisha olmadi.
«Bu «Chelsi»ning ishga kirishishiga olib keldi. Ular bilan aloqalar atigi ikki hafta oldin boshlangan edi, buni men har ikki tomonga o'z vaqtida xabar qilgandim. «Chelsi» so'nggi kunlarda «Atalanta», futbolchi va biz bilan bo'lgan bitimga faol aralashib, operatsiyani tezda yopdi. Endi bu sahifa butunlay yopilishiga va yigitga nisbatan asossiz hujumlarsiz xotirjam ishlashimizga umid qilaman».
Fabrisio Romanoga ko'ra, Kone agenti "Manchester Yunayted" bilan uchrashgan. Klub yarim himoyani kuchaytirish ustida ishlamoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Kone agenti potensial xaridorlarni o'rganish uchun Angliyaga yo'l olgan va jurnalistning so'zlariga ko'ra, fransiyalik futbolchining agenti hamda "Manchester Yunayted" o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan.
Andrey Santos va Yuri Tilemans transferlaridan so'ng, ingliz klubi yarim himoya chizig'ini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan. Jamoa jismoniy va himoyaviy jihatdan kuchliroq bo'lgan futbolchi qidirmoqda. Kone aynan shu profilga mos keladi, chunki u Fransiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Biroq, "Roma" yarim himoyachisi "Manchester Yunayted" ro'yxatidagi yagona nom emas. Shu bois, hali oldinda qilinadigan ishlar ko'p, hozircha faqat dastlabki aloqalar va baholash jarayoni ketmoqda, to'liq muzokaralar hali boshlangani yo'q.
«Komo», «Roma» va «Atalanta» «Botafogo» yarimhimoyachisi Danilo uchun kurashmoqda. Braziliyalik futbolchining narxi 30 million yevro etib belgilangan.
«Komo» «Botafogo» yarimhimoyachisi Danilo bilan qiziqmoqda.
25 yoshli braziliyalik futbolchi bir qator Yevropa klublari nishonida turibdi. «Komo»dan tashqari, «Roma» va «Atalanta» ham futbolchi bo'yicha so'rov yuborgan.
«Botafogo» moliyaviy qiyinchiliklar sababli o'yinchini sotishga tayyor, biroq klub Danilo uchun 30 million yevrodan kam bo'lmagan mablag' talab qilmoqda.
Brayan Kristante «Roma»dagi faoliyati, Rimdagi bosim, Mourinyu va Gasperini haqida gapirdi.
So'nggi sakkiz yilni poytaxtda, «jallorossi» libosida o'tkazgan Brayan Kristante Gazzetta dello Sport nashrining Sportweek loyihasiga bergan katta intervyusida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
💬 «Roma» safidagi 364 ta o'yin: qaysi uchtasi yodingizda qolgan?
🗣 «Oh, xudo... Eng yodda qolgan uchtasi... Ikki final, albatta. Birinchisi — Konferensiyalar ligasi, unda «Feyenoord»ni mag'lub etganmiz, ikkinchisi esa Yevropa ligasi finali, unda penaltilar seriyasida «Sevilya»ga yutqazganmiz. Keyin, tafsilotlarga kirmayman, bu mavsumning so'nggi turida Veronadagi o'yinni aytaman, o'shanda Chempionlar ligasiga qaytishni ta'minlaganmiz — bu klub, o'yinchilar va muxlislar juda uzoq kutgan voqea edi».
💬 Rimdagi sakkiz yil boshqa klub va shahardagi shu davrdan ikki barobar og'irmi?
🗣 «Aslo... Rimga birinchi kundanoq oshiq bo'lib qolasiz. Kelasiz va qayerga qaramang, uning go'zalligidan hayratga tushasiz. Stadion esa o'ziga xos narsa beradi: «Roma» muxlislarining energiyasini men kashf qilganim yo'q; Venditti qo'shig'i ohangidagi madhiya tanangizni junjiktiradi. Bu, shubhasiz, ko'p narsa talab qiladigan shahar va bu har doim ham oson emas. U beradigan barcha narsa — iliqlik, ishtiyoq va ehtiros — hammasi yaxshi ketayotganda bosimga, stressga aylanadi va agar natija bo'lmasa, buni yengish oson emas. Bu medalning ikkinchi tomoni».
💬 Bundan qanday qutulish mumkin?
🗣 «Muvozanatni saqlashni bilish kerak. Rimda eyforiya depressiyaga juda tez almashadi; bugun sen chempionsan, ertaga esa mag'lub... Shunday qilib butun mavsumni barbod qilish mumkin. Bu yil yutdikmi yoki yutqazdikmi, o'yindan keyin darhol diqqatni jamlab, keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishni yaxshi uddaladik».
💬 «Roma» kabi jamoa sardori bo'lish nimani anglatadi?
🗣 «Bu oddiy tuyulishi mumkin, lekin men uchun shunday ulkan shahar nomini olgan jamoa sardori bo'lish katta sharaf. Pellegrini va Manchini bilan birga yosh o'yinchilarga ushbu klubga mansublik hissini singdirayotganimdan faxrlanaman».
💬 Mourinyu va Gasperini sizga nimalar berdi?
🗣 «Mourinyu nafaqat menga, balki butun jamoaga aniqlik olib kirdi. U bizga o'z xarizmasini, g'alaba qozonish tushunchasini singdirdi; g'alaba qozonishga bo'lgan ehtiyojni, desam bo'ladi. U bilan ikki ajoyib mavsumni o'tkazdik, bitta kubok yutdik, ikkinchisida penaltilar seriyasida yutqazdik. Murabbiy Gasperini kuchli, buni inkor etib bo'lmaydi. «Atalanta»da u bilan ishlash baxtiga muyassar bo'lganman, unga ergashish kerakligini bilardim, chunki u hamma joyda katta muvaffaqiyatlarga erishgan va buni hatto shunday talabchan klubdagi birinchi yilidayoq isbotladi».
💬 Sizni har bir murabbiy uchun ajralmas qiladigan narsa nima?
🗣 «Men mehnatkash odamman. Maydonga tushishni, har kuni ishlashni va doimo formada bo'lishni, murabbiy talab qilgan narsani bajarishni yaxshi ko'raman. Bolaligimdan doim bor kuchimni berib kelganman».
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Atalanta» «Deportivo La-Korunya» futbolchisi Yeremay hamda «Lion» vakili Malik Fofanani transfer qilish imkoniyatlari bo'yicha ma'lumot so'radi.
📞 Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Atalanta» «Deportivo La-Korunya» futbolchisi Yeremay hamda «Lion» vakili Malik Fofanani transfer qilish imkoniyatlari bo'yicha ma'lumot so'radi.
«Roma» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Niko Gonsales nomzodini ko'rib chiqmoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, futbolchi Gasperini e'tiborida.
«Roma» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ko'rib chiqayotgan nomzodlar qatorida Niko Gonsales ham bor.
«Atletiko Madrid»dagi ijaradan «Yuventus»ga qaytgan argentinalik futbolchi Ispaniyaga qaytishni istamoqda, ammo klublar hozircha kelishuvga erishgani yo'q. Agar transfer amalga oshmasa, o'yinchi «Roma» uchun real variantga aylanishi mumkin: La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Gasperini uni yuqori baholaydi va «Atalanta»da bo'lgan vaqtidayoq kuzatib borgan.
Atalanta himoyachisi Odilon Kossounou yozgi transferlar oynasida jamoani tark etmaydi. Murabbiy uni yangi sxema uchun muhim o'yinchi deb biladi.
Odilon Kossounou yozgi transferlar oynasida sotilmaydi. Sarri ivuarlik himoyachini to'rt nafar himoyachi bilan o'ynaladigan yangi sxema uchun asosiy o'yinchi deb hisoblamoqda. 🤩
Givayro Rid transferi uchun "Roma" va "Nottingem Forest" kurash olib bormoqda. Futbolchi yiliga 4 million yevro maosh talab qilmoqda.
"Roma" va "Feyenoord" o'rtasida Givayro Rid bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Roma" tomonidan taklif qilingan taxminan 25 million yevrolik taklif Niderlandiya klubi tomonidan rad etilmagan.
Biroq, bugun ertalab Rete Sport saytida paydo bo'lgan xabarlar vaziyatni o'zgartirib yubordi. David Rossi ma'lumotiga ko'ra, "Nottingem Forest" "Feyenoord" himoyachisini qo'lga kiritish uchun jiddiy urinish qildi va "Roma"ning 25 million yevrolik taklifini tenglashtirdi. Angliya klubi avvalgi ikki taklifi rad etilganidan so'ng, futbolchi uchun kurashga qaytishga qaror qildi.
Muzokaralardagi asosiy to'siq esa futbolchining maoshi bo'lishi mumkin. Hozirda mavsumiga 1 million yevro atrofida maosh olayotgan Rid Rotterdami tark etish uchun yiliga 4 million yevrolik shartnoma talab qilmoqda. "Nottingem Forest" ushbu summani hech ikkilanmay kafolatlashga tayyor, "Roma" esa bu sarmoyaning maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqmoqda.
Matteo Ruggeri yana "Roma" transfer nishonida. "Atletiko Madrid" futbolchi uchun kamida 25 million yevro talab qilmoqda.
Matteo Ruggeri yana "Roma" bilan bog'lanmoqda.
El Gol Digital xabariga ko'ra, Grimaldoning "Atletiko Madrid"ga o'tishi Ruggerining rejalarini o'zgartirishi va italiyalik futbolchi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
"Atletiko Madrid" futbolchi uchun kamida 25 million yevro talab qilmoqda va xabarlarga ko'ra, 20 million yevrolik takliflarni allaqachon rad etgan. "Milan", "Inter", "Fiorentina" va "Yuventus" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Roma Antonio Nusa transferi ustida ishlamoqda, biroq Leyptsig futbolchini 60 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
Roma Nusa transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Biroq, Phillip Hinze xabariga ko'ra, Leyptsig bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borilmayapti: jallarossi nemis klubi bilan vositachilar orqali bog'lanmoqda. Qolaversa, nemislar Nusani qo'yib yuborish niyatida emas, ayniqsa Diomande Realga o'tib ketsa.
Norvegiyalik futbolchining narxi yuqoriligicha qolmoqda: nemis klubi kamida 60 million yevro evaziga takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Filippo Inzagi boshqaruvidagi «Palermo» «Inter» futbolchisi Issiak Kamateni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Filippo Inzagi boshqaruvidagi «Palermo» «Inter» futbolchisi Issiak Kamateni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Giornale di Sicilia xabariga ko'ra, so'nggi soatlarda klublar o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tgan.
Italiya matbuoti Zeki Chelikning «Roma»dan ketishini va klubning transfer siyosatini tanqid ostiga oldi. Ekspertlar vaziyatni tahlil qilishdi.
David Rossi (Rete Sport):
Chelikning ketishidan xavotirda emasman. Rensh Chelikdan ancha past deb o'ylaysizmi? Agar kelasi yili tarkibda Moreyra bo'lsa va Chelik o'rniga zaxira o'rindig'ida Rensh o'tirsa, buning qanday zarari bor? U o'ng qanot himoyachisi bo'lishi mumkin deyishadi, lekin Rensh ham shunday. Agar Pellegrini «Yuventus» bilan shartnoma imzolaganida, uni saqlab qolishni shunchalik istarmidingiz? Faqat texnik jihatdan gapiradigan bo'lsak, yo'q derdim. Ammo 17 iyul kuni «Roma»ning vaziyatlardan foydalanishdagi tezligi yetarli emasligini hisobga olsak, klub avgust oyi oxirigacha 10 ta transferni amalga oshira oladi deb o'ylaysizmi?…
Janluka Pyachentini (Rete Sport):
Chelikning ketishi — 180 darajali burilish. Biroq, agar bu «Roma» uchun ustuvor vazifa bo'lganida, ular shartnomani iyulda emas, oktyabrda uzaytirgan bo'lishardi. Balki sport va moliyaviy tomonlar uzaytirishga unchalik ishonch hosil qilmagandir. Agar kelishuvga erishgach, shartnoma imzolash uchun yashirincha Turinga ketsangiz, bu 180 darajali burilish. Lekin uning bunga to'liq haqqi bor. Gasperini g'azablangan deb o'ylayman, lekin balki o'yinchi uchun emasdir. Gasperini, albatta, kechagidan xotirjamroq emas. Shunga qaramay, vaziyatga kengroq nazar tashlaylik: biz foydali, lekin o'rnini bosib bo'lmaydigan o'yinchi haqida gapirmayapmiz. Ko'pchilik uni hatto jamoa tarkibida tasavvur ham qila olmasdi... Agar «Roma» 50 million yevro turadigan va 6 million yevro maosh so'raydigan o'yinchilarni izlashda davom etsa, bu bitimlar ikki kunda yakunlanishiga ishona olmayman...
Chekko Oddo Kasano (Rete Sport):
Agar Chelik o'rnida Svilar bo'lganida, bugun hammasi uchun kimni ayblagan bo'lardik? Klubni. Biz operatsiyalarni o'yinchiga qarab muhokama qila olmaymiz, aks holda o'zimizga nisbatan adolatsiz bo'lamiz, chunki xuddi shu narsa Svilar bilan ham sodir bo'lgandi. Lekin asosiy o'yinchi bilan jiddiy narsa yuz berganda, men jim turib, sizlarni eshitaman… Ehtiyot bo'ling, chunki Gasperini sizga «Keling, bu yigitlarni saqlab qolamiz va bir nechta maqsadli xaridlar qilamiz» deganida, u aslida shu uchta muhim transferning kechikishiga rozi bo'lgan edi. Ammo endi uchta emas, olti yoki yettita transfer qilishingiz kerak bo'lsa, bu juda ko'p va transfer bozori tartibsiz tus ola boshlaydi…
Tisiano Moroni (Rete Sport):
Ehtimol, klub ichida, egalar, Gasperini va D'Amiko o'rtasida o'yinchi transferi shartlari bo'yicha aniqlik yo'qdir? Agar siz Summervill yoki Grinvud kabi millionlab maosh talab qiladigan va qimmat o'yinchilarni tanlasangiz, muzokaralar uchun imkoniyatlaringiz juda kam. Aks holda, 35 million yevro turadigan va 500 000 yevro maosh oladigan Godtsni tanlasangiz, unga 2 million yevro bersangiz, u rozi bo'ladi... Balki talablarimizni pasaytirishimiz kerakdir? Yoki tomonlar o'rtasida o'zaro tushunmovchilik bormi?...
Marko Valerio Korsi (Tele Radio Stereo):
Sport nuqtai nazaridan Chelikni sog'inmayman, u deyarli foydasiz o'yinchi edi va buning Ranyeri hamda Gasperini davrida o'z sabablari bor edi. Bu ikki murabbiy qo'l ostida u yomon o'ynamadi, lekin baribir oddiy o'yinchi edi. U faqat universalligi bilan muhim edi. Bu katta yo'qotish emas, aksincha. Lekin rahbariyat nuqtai nazaridan bu sharmandalik, havaskorona xatti-harakat, chunki shartnomalarni uzaytirish uchun bir oyi bor jiddiy klub mashg'ulotlar lagerini imzolarsiz boshlay olmaydi. Gap topa olmayapman…
Paolo Kosenza (Tele Radio Stereo):
Texnik jihatdan fikrim o'zgarmaydi: Chelik universal o'yinchi edi, lekin texnik jihatdan hech narsa yo'qotmaysiz. Asosiy masala boshqa yoqda: siz fevraldan beri u istalgan klub bilan shartnoma imzolashi mumkinligini bilardingiz va kechikdingiz. Odamlar uni yomon odam deyishayotganini eshityapman, lekin bular professionallar va siz o'zingizni ahmoq qilib ko'rsatdingiz. Siz uning shartnomasi uzaytirilgani haqida to'rt-besh marta e'lon qildingiz… pulni tejadingiz, chunki o'yinchilarni sotib ololmadingiz, endi esa uning o'rnini bosadigan o'yinchini topish uchun 7-8 million yevro sarflashingiz kerak bo'ladi. Endi yana ko'proq pul sarflab, ahmoqona xarid qilishingizga to'g'ri keladi, lekin jamoada allaqachon shundaylar bor edi, shuning uchun ularni o'z holiga qo'ying…
Xil Marin «Barselona» prezidenti Xoan Laportaning Xulian Alvares borasidagi harakatlarini keskin tanqid qildi.
🎙️ Xil Marin Laporta haqida:
Joanni shunchalik yaxshi bilamanki, u doimo omma va muxlislar uchun o'zining shaxsiy sirkini namoyish etib, o'yin ko'rsatishini tushunaman va bu meni xafa qilmaydi.
U bilan shaxsiy munosabatlarim yaxshi. Men u bilan shaxsan gaplashdim. Unga shunday dedim: «Iltimos, buni bas qil. Biz uni sotmoqchi emasmiz va sotish niyatimiz ham yo'q. Qistashni to'xtat». Ammo u bu vaziyatni qo'llab-quvvatlamoqda, qisman bunga o'zi ham qiziqadi. U yengiltak, muxlislar va OAV bilan shu yo'sin munosabat o'rnatishni yoqtiradi, LEKIN u Xulian Alvares kelasi mavsumda «Barselona» safida o'ynamasligini JUDA yaxshi biladi. Ammo unga omma va OAV bilan bu o'yinni davom ettirish yoqadi, eng yomoni esa, u buni Xulianning o'zi bilan qilmoqda.
Mauritsio Sarri "Atalanta" bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanida jamoa taktikasi, transferlar va kelgusi maqsadlari haqida gapirdi.
😎 Mauritsio Sarrining "Atalanta" bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanidan asosiy bayonotlar:
🗣 Yangi mavsum haqida:
"Yaxshi mavsumni kutyapman. Yaxshi natijalarga erishish uchun barchamizda imkoniyat bor, ammo hali ko'p ishlashimiz kerak. Sport direktori mening futbol falsafamni biladi va qanday o'yinchilarni ko'rishni istayotganimni tushunadi. Tarkib sifati allaqachon yuqori, transfer bozorida nimalar bo'lishini esa ko'ramiz".
🗣 "Atalanta"ga o'tishi haqida:
"Klubga bildirgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman. Stadion, muhit va ish tashkil etilishi meni hayratda qoldirdi. Ha, mening falsafam biroz farq qiladi, lekin eng muhimi — "Atalanta" sifatli futbol o'ynashi kerak. Men har kuni astoydil mehnat qiladigan jamoani ko'rishni istayman".
🗣 Taktika haqida:
"Biz Samardjichni yangi pozitsiyada sinab ko'ryapmiz. Raspadori haqida ham o'ylayapman — u bilan "Latsio"da ishlagan paytlarimdan buyon ishlashni xohlaganman. Shuningdek, tarkibimizda Kristovich va Skamakka kabi juda sifatli hujumchilar bor. Asosiy sxema — 4-3-3, ammo 4-2-3-1 variantlari ham bo'lishi mumkin. Tarkib to'liq shakllangach, vaziyat yanada oydinlashadi".
🗣 Djanluka Gaetano haqida:
"Bu sport direktoridan ajoyib sovg'a".
🗣 Djanluka Skamakka haqida:
"U juda kuchli hujumchi, ammo bundan ham ko'proq narsaga qodir. Bizning vazifamiz — uni eng yuqori darajaga olib chiqish".
🗣 Ederson haqida:
"U biz bilan qoladi. Meni eng ko'p uning ruhiy holati xavotirga solayotgan edi, ammo u "Atalanta"da qolishga bo'lgan katta istagini ko'rsatdi. U jamoaning asosiy o'yinchilaridan biriga aylanadi".
🗣 Kolashinats va himoya haqida:
"Kolashinats, shuningdek, Axanor va Bernaskoni kabi juda muhim o'yinchi bo'ladi. Biz ba'zi o'zgarishlarni amalga oshiramiz, ayniqsa qanot markaziy himoyachisi pozitsiyasida".
🗣 Yoshlar haqida:
"Transfer oynasi yopilgandan so'ng vaziyatni baholaymiz, ammo hozirning o'zida ayta olamanki, U23 jamoasining ayrim o'yinchilari A Seriyada o'ynashga tayyor".
🗣 Maqsadlari haqida:
"Men "Atalanta" bilan sovrin yutmoqchiman. Ammo maqsad sari yo'l ba'zan maqsadning o'zidan ham muhimroq. Umid qilamanki, birgalikdagi safarimiz buyuk bo'ladi".
Tele Radio Stereo xabariga ko'ra, Kone ketgan taqdirda «Roma» «Atalanta» yarim himoyachisi Edersonni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.
Tele Radio Stereo xabariga ko'ra, agar Kone sotib yuborilsa, «Roma» «Atalanta» yarim himoyachisi Edersonni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi. Braziliyalik futbolchi Kone transfer oynasi vaqtida «Trigoriya»ni tark etgan taqdirda muqobil variant bo'lishi mumkin. Ushbu transferga «Roma»ning amaldagi sport direktori Toni D'Amiko va futbolchi o'rtasidagi aloqalar ham ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, chunki aynan D'Amiko o'z vaqtida Edersonning «Atalanta»ga o'tishida asosiy rolni bajargan edi.
Bundan tashqari, Ederson o'zi avval ishlagan murabbiy Jan Pero Gasperini bilan qayta birlashishga qarshi emas. «Atalanta» agar 40-45 million yevro taklif qilinsa, transferni ko'rib chiqishi mumkin. «Roma» taklif berishga tayyor, biroq raqobat yuqori: «Nyukasl» ham yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Biroq, barchasi Kone bilan bog'liq vaziyatga bog'liq: faqat fransiyalik futbolchi ketgan taqdirdagina «jallorossi» yangi yarim himoyachini qo'lga kirita oladi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» Ederson transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi va kelishuv amalga oshmaydi.
🗣️ Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
«Manchester Yunayted»ning Ederson transferiga qaytishini kutish kerak emas – bu yozda kelishuv aniq amalga oshmaydi. Muzokaralar o'tgan juma kuni uzil-kesil to'xtatilgan. Futbolchining o'zi esa «Atalanta»dan yangi shartnoma bo'yicha taklif olib ulgurdi».
Zenit Botafogo yarim himoyachisi Danilo uchun 40 million yevro taklif qildi. Futbolchiga shuningdek, Chelsi ham qiziqish bildirmoqda.
"Zenit" "Botafogo" yarim himoyachisi Danilo uchun 40 million yevro taklif qildi. "Botafogo" futbolchini raqobatchilarga kuch bermaslik uchun faqat Yevropa klublariga sotishni rejalashtirmoqda.
Canal do Manel xabariga ko'ra, Braziliya klubi ushbu taklifga hozircha javob bermadi. "Botafogo" shoshilmayapti va boshqa klublardan ham shunga o'xshash takliflar kelishini kutmoqda (markaziy yarim himoyachi bilan "Chelsi" ham qiziqmoqda).
Atalanta yarim himoyachi Ederson bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Klub futbolchiga yaxshilangan shartlar asosida yangi bitim taklif qilmoqda.
Lucacerchione
💎 Atalanta Edersonga yillik maoshi 4 million yevro bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozirda braziliyalik futbolchi yiliga 2,5 million yevro ishlab topmoqda.
"Manchester Yunayted" va "Liverpul" Joao Gomes uchun kurashga kirishdi. Mankunianliklar esa tibbiy ko'rikdan so'ng Ederson transferidan voz kechishdi.
"Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Vulverxempton" bilan Joao Gomesning transferi borasida bog'lanishdi. Klublar futbolchining "Atletiko"ga o'tishi barbod bo'lganidan so'ng darhol faollashishdi.
Shu bilan birga, mankunianliklar Edersonni tarkibga qo'shib olishdan voz kechishdi – klub tibbiy ko'rik natijalaridan so'ng ushbu transferni to'xtatdi. (Ge)