Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Roma» Summervilldan tashqari, «Benfika» vingeri Andreas Shjelderupni ham o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Roma» Summervilldan tashqari, chap qanot uchun yana bir nomzod — «Benfika»ning iqtidorli norvegiyalik futbolchisi Andreas Shjelderupga qiziqish bildirmoqda.
«Roma» rejasi ushbu pozitsiyaga ikki nafar futbolchi xarid qilishni ko'zlaydi. Summervill asosiy maqsad bo'lib qolmoqda va klub bitimni bugunoq yakunlashga umid qilmoqda, biroq «Trigoriya»da ikkinchi vinger borasida ham muzokaralar davom etmoqda. Hozircha soyada qolayotgan Garnacho variantidan tashqari, Shjelderupning nomi ham tobora ko'proq tilga olinmoqda. «Benfika» vingeri qishki transfer oynasi vaqtida ham «Roma» bilan bog'langandi. Biroq o'sha paytda klub boshqa variantlarni tanlagandi. Endi esa, ayniqsa Norvegiya terma jamoasi safidagi yorqin o'yinlaridan so'ng, uning nomi yana yangiliklar markazida bo'lishi mumkin.
A Bola nashrining xabar berishicha, "Benfika" norvegiyalik vinger Shel'derupni 40 million yevro evaziga sotishga tayyor.
📰 A Bola xabariga ko'ra:
Marku Silva Shel'derupni jamoa uchun muhim va qimmatli o'yinchi deb hisoblaydi.
"Benfika" rahbariyati katta mablag' evaziga futbolchi sotishni rejalashtirmoqda va bu norvegiyalik vinger bo'lishi mumkin. Klub futbolchi uchun 40 million yevro talab qilmoqda.
Andreas Shelderup «Tottenhem» nishonida. «Benfika» futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
So'nggi kunlarda «Roma» bilan bog'lanayotgan Andreas Shelderup «Tottenhem»ning e'tiboriga tushdi.
O Jogo nashri xabariga ko'ra, «shporlar» muzokaralarni boshlash uchun «Benfika» bilan bog'langan, biroq Portugaliya klubi futbolchini 40 million yevroga baholamoqda. O'yinchining shartnomasida 100 million yevrolik tovon puli mavjud va unga 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilingan.
Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, «Roma» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun bir qator nomzodlarni, jumladan Andreas Shelderupni ko'rib chiqmoqda.
📰 Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra:
«Roma» hujumkor vinger sifatida Andreas Shelderupni ko'rib chiqmoqda.
Rim klubi tarkibni kuchaytirish uchun mos futbolchi izlamoqda va tarkibga Sammervil, Moreyra, Garnacho hamda Shelderupni qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.