Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Parma — yangiliklari

Parma va bog'liq yangiliklar

Mateo Pellegrino "Fiorentina"ga o'tishi mumkin

Mateo Pellegrino "Fiorentina"ga o'tishi mumkin

Mateo Pellegrinoning "Parma"dan "Fiorentina"ga o'tishi bo'yicha muzokaralar ketmoqda. Bitim qiymati 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Mateo Pellegrinoning "Parma"dan "Fiorentina"ga ijara asosida va keyinchalik sotib olish sharti bilan o'tishi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Bitimning umumiy qiymati qariyb 30 million yevroni tashkil etadi.

Hujumchi uchun 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tayyorlangan ✍️

🗣 Nikolo Skira

Kolo Muani "Yuventus"ga o'tishga yaqin

Kolo Muani "Yuventus"ga o'tishga yaqin

Matteo Moretto xabariga ko'ra, Randal Kolo Muani "Yuventus"ga o'tishga yaqin. Klub ushbu transferdan so'ng "Parma" futbolchisi Pellegrino bilan muzokaralarni boshlaydi.

⏳ Randal Kolo Muani "Yuventus"ga o'tishga yaqinlashmoqda.

Matteo Moretto xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi bilan kelishuv yakunlanishi bilanoq, klub "Parma"dan Pellegrinoni sotib olishga e'tibor qaratadi.
Mateo Pellegrino «Yuventus» uchun asosiy nishonlardan biri bo'lib qolmoqda

Mateo Pellegrino «Yuventus» uchun asosiy nishonlardan biri bo'lib qolmoqda

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Mateo Pellegrino «Yuventus»ning transfer nishonlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Mateo Pellegrino «Yuventus» uchun real nishon bo'lib qolmoqda.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, futbolchining agenti yaqin kunlarda Italiyaga yetib keladi. Biroq «byankonerilar» dastlab hujumchi bilan bog'liq transferni yakunlab, shundan so'nggina «Parma» bilan muzokaralarni jadallashtirishni rejalashtirmoqda.

Bog'liq yangiliklar

PSJ Suzuki transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

PSJ Suzuki transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Santi xabariga ko'ra, PSJ Suzuki transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Yuventusning taklifi esa Parma tomonidan rad etildi.

Santi xabariga ko'ra, PSJ Suzuki transferi bo'yicha muvaffaqiyatli muzokaralar olib bormoqda. Klub futbolchini sotib olib, keyinchalik ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda.

Shuningdek, u Yuventus o'z taklifini yuborgani, biroq Parma bunga rad javobini berganini qo'shimcha qildi.

Dibu Martines transferi bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi

Dibu Martines transferi bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi

Dibu Martinesning transferi bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi. "Aston Villa" takliflarni rad etmoqda, klub boshqa nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Dibu Martines transferi bo'yicha kelishuv hozircha murakkablashdi, chunki muzokaralar pauza holatida ⏸️

"Aston Villa" 6/7 million yevrolik takliflarni doimiy ravishda rad etmoqda.

Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan, ammo ayni damda birinchi planga o'tish imkoniyati yuqoriroq bo'lgan Vikario va Sudzuki chiqmoqda.

Fabrisio Romano

«Parma» Dzion Suzuki uchun 34 million funt talab qilmoqda

«Parma» Dzion Suzuki uchun 34 million funt talab qilmoqda

«Parma» darvozaboni Dzion Suzuki uchun «Lids» va «Yuventus»dan tushgan takliflar rad etildi. Klub futbolchi uchun 34 million funt talab qilmoqda.

1 Station Radio jurnalisti Luka Cherkone xabariga ko'ra, «Parma» yaponiyalik darvozabon Dzion Suzuki uchun 34 million funt sterling so'ramoqda.

Ayni damda darvozabon bo'yicha ikkita taklif kelib tushgan: «Lids» 25,5 million funt va bonuslar, «Yuventus» esa 21 million funt va bonuslar taklif qilgan. «Xochlilar» rahbariyati ushbu takliflarni yetarli emas deb topib, rad etgan.