Cresensio Sammervill «Al-Hilol»ga o'tmoqda
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 18

Cresensio Sammervill «Al-Hilol»ga o'tmoqda

Jankluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Al-Hilol» va «Vest Xem» futbolchi Sammervill transferi bo'yicha yakuniy kelishuvga erishdi. Transfer summasi bonuslar bilan birgalikda qariyb 80 million yevroni tashkil qiladi.

Futbolchi rasmiy e'londan oldin tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan, uzoq muddatli shartnoma esa imzolangan va yakuniy tasdiqni kutmoqda. Avvalroq 46 million yevro taklif qilgan va ingliz klubidan rad javobini olgan «Roma» kurashdan chiqdi. Anjelo Manjante ma'lumotiga ko'ra, o'yinchi yiliga 20 million yevro maosh oladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!