Juzeppe Ambrosino «Modena»ga o'tmoqda
«Napoli» hujumchisi Juzeppe Ambrosino faoliyatini «Modena» safida davom ettiradi. Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, tomonlar ijara shartnomasini kelishib olishgan.
Transferlar bo'yicha ekspert Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Napoli» hujumchisi Juzeppe Ambrosino faoliyatini «Modena» safida davom ettiradi. Tomonlar futbolchini ijaraga olish va kelgusida sotib olish huquqi bo'yicha kelishuvga erishgan.
Futbolchi ertaga tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.