Trevoh Chalobah «Komo»ga o'tmoqda
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Trevoh Chalobah «Komo»ga o'tmoqda. Transfer summasi 30 million yevroni tashkil qiladi.
🚨 Trevoh Chalobah «Komo» safiga o'tmoqda: HERE WE GO!
Transfer summasi — 30 million yevro.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Trevoh Chalobah «Komo»ga o'tmoqda. Transfer summasi 30 million yevroni tashkil qiladi.
🚨 Trevoh Chalobah «Komo» safiga o'tmoqda: HERE WE GO!
Transfer summasi — 30 million yevro.
Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, «Komo» Trevo Chalobani transfer qilish g'oyasidan voz kechmoqchi emas.
Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, «Komo» Trevo Chalobani transfer qilish g'oyasidan voz kechmoqchi emas.
Italiya klubi futbolchi uchun taklifini yaxshilashi mumkin. «Komo» ingliz himoyachisini qo'lga kiritish imkoniyati bor ekan, boshqa markaziy himoyachilar variantini ko'rib chiqmaydi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba uchun yangi taklif bilan chiqdi. Muzokaralar davom etmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi»ga Trevo Chaloba uchun yaxshilangan taklif yubordi va muzokaralar davom etmoqda. 🚨
Italiya klubi 25 million yevro hamda oson erishiladigan 5 million yevro bonus taklif qilmoqda.
Chaloba «Komo»ga o'tishga qiziqish bildirmoqda.
Angliya terma jamoasi JCH-2026 uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Fransiyani mag'lub etdi.
Angliya terma jamoasi JCH-2026 doirasidagi shiddatli kechgan bahsda Fransiyani mag'lub etib, bronza medallarini qo'lga kiritdi.
Ris Jeyms, Trevo Chaloba hamda kelajakdagi «ko'klar» a'zosi Morgan Rojersni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz 💙
"Komo" Trevo Chalobah transferi uchun yangi taklif bilan chiqdi. Italiyalik jurnalistlar bitim tafsilotlari haqida xabar berishmoqda.
Ertalab "Komo" Chalobah uchun yangi taklif yubordi – bu ikki hafta oldin va'da qilingan o'sha 30+5 million yevro.
Bu haqda hozircha faqat italiyalik jurnalistlar xabar berishmoqda, shuning uchun vaziyatni kuzatamiz. Daniele Longo boshqa summani, ya'ni 31-32 million yevroni keltirib o'tdi.
«Chelsi» «Komo» klubining Trevoh Chalobah bo'yicha yuborgan ikki taklifini rad etdi. Muzokaralar davom etmoqda.
❌ Ben Jacobs xabariga ko'ra, «Chelsi» «Komo» klubining Trevoh Chalobah bo'yicha yuborgan ikki taklifini rad etdi.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, himoyachiga boshqa jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.
Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, «Komo» Trevoh Chalobah transferini yakunlashga yaqin turibdi. Tomonlar yaqin vaqt ichida so'nggi detallarni kelishib olishadi.
🚨 Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, «Komo» Trevoh Chalobah transferini yakunlashga yaqin turibdi.
Yaqin vaqt ichida tomonlar uchrashuv o'tkazishadi va unda kelishuvning so'nggi detallarini kelishib olish rejalashtirilgan.
«Komo» prezidenti Suvarso Trevo Chaloba transferi yuzasidan «Inter» rahbari Juzeppe Marotta bilan o'tkazgan muzokaralari tafsilotlarini ochiqladi.
«Komo» prezidenti Suvarso Trevo Chaloba transferi borasida «Inter» rahbari Juzeppe Marotta bilan bo'lgan suhbatini so'zlab berdi:
«Men Marottaga qo'ng'iroq qilib, shunday dedim: «Bilasizmi nima? Nega endi boshqa jamoa prezidentiga qo'ng'iroq qilib, «Bu futbolchi sizga kerakmi?» deb so'ramasligim kerak? Agar kerak bo'lsa, harakat qiling, biz chekinamiz, rahmat. Ammo agar uni sotib olsangiz, menga o'z tarkibingizdan kimnidir bering». U esa shunday javob qaytardi: «Qo'ng'irog'ingiz uchun rahmat. Buni qadrlayman, kun oxirigacha sizga xabar beramiz. Agar biz bu yo'nalishda ishni davom ettirmasak, sizga kuzatuvimizdagi boshqa maqsadlarni taqdim etamiz. Siz bilan ma'lumot almashishdan mamnunmiz». Menimcha, bunday munosabatlar har ikki klub uchun ham foydali va barchamizning o'sishimizga xizmat qiladi».
Chaloba «Komo» safiga o'tdi. Transfer summasi 30 million yevroni tashkil qiladi. Tafsilotlar Fabrisio Romano xabarida.
HERE WE GO‼️
Chaloba — «Komo» futbolchisi!
Transfer summasi — 30 million yevro + 6 million yevro bonuslar va keyingi sotuvdan foiz.
📰 Fabrisio Romano ⭐⭐⭐⭐⭐
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevoh Chalobani 30 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib olmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi» bilan 27 yoshli markaziy himoyachi Trevoh Chalobaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim qiymati 30 million yevro va 6 million yevro bonuslarni tashkil etadi. Tibbiy ko'rik yaqin kunlarda o'tkaziladi.
Moliyaviy jihatlar:
Chaloba «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, shuning uchun klub uchun uning balans qiymati nolga teng. Londonliklar darhol 30 million yevro sof foyda ko'rishadi. Bonuslar faollashganda hisobga olinadi. Shuningdek, «Chelsi» futbolchining kelajakdagi sotuvidan foiz ulushini ham saqlab qolgan.
«Chelsi» yillik 3,8 million yevrolik maosh xarajatidan qutuladi.
«Komo» uchun xarid yiliga 6 million yevroga tushadi (besh yillik shartnoma bo'lsa), bunga maosh ham qo'shiladi.
«Chelsi» yana o'zining an'anaviy moliyaviy usulidan foydalanmoqda – tarbiyalanuvchilarni sotish. UEFA sanksiyalari ostidagi klub uchun bu qog'ozda ideal foyda hisoblanadi. Koluillning jarohatdan qaytishi va Lakruaning xarid qilinishi bilan «Chelsi»da markaziy himoyachilar soni ortib ketgandi.
«Komo» esa APL va yevrokuboklar tajribasiga ega tayyor himoyachini qo'lga kiritdi. Fabregasning ambitsiyali loyihasi uchun bu himoya chizig'ini mustahkamlash yo'lidagi mantiqiy sarmoyadir.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Italiya klubi futbolchi uchun 30 million yevro to'laydi, shuningdek, shartnomada 6 million yevro miqdoridagi bonuslar ham ko'zda tutilgan. 💰
Bundan tashqari, kelishuvga futbolchining kelajakdagi transferidan ma'lum bir foiz ulush olish bandi ham kiritiladi.
Trevoh Chalobaning «Komo»ga transferi tafsilotlari ma'lum bo'ldi. «Chelsi» futbolchini 30 mln yevro va bonuslar evaziga sotmoqda.
Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, Trevoh Chalobaning «Komo»ga transferi 30 million yevro va 6 million yevro miqdoridagi bonuslarni tashkil qiladi.
Fabrisio Romano qo'shimcha qilishicha, kelishuvda futbolchining kelgusi sotuvidan «Chelsi»ga tegishli bo'ladigan foiz ham ko'zda tutilgan.
Italiyadagi manbalarga ko'ra, Komo klubi Trevoh Chalobah transferini muvaffaqiyatli yakunlashiga ishonchi komil. Bitim yakunlanish arafasida.
Italiyadagi manbalarga ko'ra, Komo klubi Trevoh Chalobah transferini muvaffaqiyatli yakunlashiga ishonchi komil.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar cho'zilib ketdi, ammo bir qator manbalar optimistik kayfiyatda va bitim amalga oshishiga ishonmoqda.
Ayni damda ushbu transfer yakunlanish arafasida deb baholanmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Komo» Trevo Chalobah transferi uchun 28+2 million yevro taklif qildi. Tomonlar kelishuvga juda yaqin turibdi.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Komo» Trevo Chalobah transferi uchun 28+2 million yevro taklif qildi. Tomonlar kelishuvga juda yaqin turibdi.
«Komo» Trevo Chalobah uchun 30 million yevrolik yangi taklif bilan chiqdi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.
Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, «Komo» Trevo Chalobah uchun yangi taklif yubordi. Klub futbolchi uchun bonuslar bilan birga 30 million yevro to'lashga tayyor.
Jurnalistning ta'kidlashicha, muzokaralar ijobiy yakunlanish arafasida. Fabrisio Romano ham ushbu transfer bitimi tez orada yakuniga yetishiga ishora qilgan.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevo Chalobahni o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda.
🚨 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» Trevo Chalobah transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
💼 «Komo» va «Chelsi» o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Klublar 30 million yevro miqdoridagi kafolatlangan to'lov evaziga bitimni muhokama qilishmoqda.
🤝 Himoyachi bilan shaxsiy shartnoma shartlari allaqachon kelishib olingan, «Chelsi» esa futbolchini sotishga tayyor.
Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, bugun «Komo» va «Chelsi» Trevoh Chalobah transferi bo'yicha yangi muzokaralar o'tkazadi.
Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, bugun «Komo» va «Chelsi» Trevoh Chalobah transferi bo'yicha yangi muzokaralar o'tkazadi.
Agar kelishuvga erishilmasa, Italiya klubi boshqa variantlarga, jumladan Jon Lukumi nomzodiga e'tibor qaratadi.
Komo Trevo Chalobani o'z safiga qo'shib olish uchun Chelsi klubiga yangi taklif yuborishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
🚨 Komo Trevo Chaloba uchun yangi taklif tayyorlamoqda.
Nikolo Skira xabariga ko'ra, yaqin soatlar ichida Komo Chelsi klubiga Trevo Chalobaning transferi bo'yicha yangi taklif yuboradi.
Londonliklar himoyachi uchun 35 million yevro va bonuslar talab qilmoqda. Avvalroq tomonlar bir nechta taklifni rad etishgan, ammo muzokaralar davom etmoqda.
Chalobaning o'zi Komo bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, uning yillik maoshi 3,6 million yevroni tashkil qiladi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Chelsi» «Komo»ning Trevo Chaloba uchun qilgan yangi taklifini rad etdi. Klub himoyachi uchun 30 million yevrodan ko'proq pul istamoqda.
🚨 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Chelsi» «Komo»ning Trevo Chaloba bo'yicha yuborgan yangi taklifini rad etdi.
❌ 25 million yevro va 5 million yevro bonus ko'rinishidagi taklif yetarli deb topilmadi — London klubi himoyachi uchun 30 million yevrodan ortiq mablag' olishni ko'zlamoqda.
⁉️ Shu bilan birga, «Komo» markaziy himoyani kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham ko'rib chiqishda davom etmoqda.
✅ Trevo Chalobaning o'zi «Komo»ga o'tishdan manfaatdor va uning yozda «Chelsi»ni tark etishi juda ehtimolga yaqin.
«Chelsi» Trevoh Chalobah uchun «Komo»dan kelgan 25+5 million yevrolik taklifni rad etdi. London klubi himoyachi uchun 30 million yevrodan ko'proq mablag' talab qilmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Chelsi» «Komo»ga Trevoh Chalobah transferi bo'yicha 25 million yevro va 5 million yevro bonus ko'rinishidagi yangi taklif bitimni yakunlash uchun yetarli emasligini ma'lum qildi.
London klubi himoyachi uchun 30 million yevrodan ortiq mablag' olmoqchi, shu sababli «Komo» markaziy himoyani kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqda.
Chalobahning o'zi hamon jamoani tark etishga tayyor va katta ehtimol bilan «Chelsi»dan ketadi.
«Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevoh Chalobani transfer qilish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Tafsilotlar bilan tanishing.
🚨 Ben Jacobs xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevoh Chalobani o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarning ilg'or bosqichida turibdi.
Italiya klubi «Chelsi»ning moliyaviy talablariga yaqinlashdi. Londonliklar himoyachi uchun 30 million funt sterling hamda 5 million funt sterling miqdorida bonus talab qilmoqda.
Muzokaralar dam olish kunlari davomida yanada jadallashishi kutilmoqda. 🔵
Bugun "Chelsi" va "Komo" o'rtasida Trevoh Chalobah transferi bo'yicha muzokaralarning yangi raundi kutilmoqda.
Bugun "Chelsi" va "Komo" o'rtasida muzokaralarning yangi raundi kutilmoqda. Italiya klubi ushbu transferni yakunlashni istamoqda – ko'ramiz, tomonlar qanday kelishuvga erishishadi.
«Komo» Trevo Chaloba transferi bo'yicha «Chelsi»ga yangi taklif yubordi. Fabrisio Romanoga ko'ra, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
🚨 «Komo» Trevo Chaloba uchun taklifini yaxshiladi!
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi»ga Trevo Chaloba transferi bo'yicha yangi, yaxshilangan taklif yubordi.
Taklif shartlari:
• 25 million yevro — kafolatlangan summa;
• 5 million yevro — bonuslar ko'rinishida.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Avvalroq, Chalobaning o'zi «Komo» bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan shaxsiy shartnoma va yiliga 3,5 million yevro maosh bo'yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Endi yakuniy qaror «Chelsi»dan kutilmoqda.
Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, ertaga "Chelsi" va "Komo" klublari Trevoh Chalobah transferini muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazishadi.
🚨 Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, ertaga "Chelsi" va "Komo" klublari vakillari Trevoh Chalobah transferini yakuniy kelishib olish uchun uchrashuv o'tkazishadi.
«Komo» Trevoh Chalobah uchun «Chelsi»ga yangilangan taklif bilan chiqdi. Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati bonuslar bilan 30 million yevroni tashkil etadi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» Trevoh Chalobah uchun «Chelsi»ga yangilangan taklif yubordi. Bu safar 25+5 million yevro miqdoridagi taklif ilgari surilgan.
Bonuslar juda oson erishiladigan shartlar asosida belgilangan, shu sababli 30 million yevro deyarli kafolatlangan summa hisoblanadi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
"Komo" Trevoh Chalobah transferi uchun "Chelsi"ga 35 million funt sterling taklif qilmoqchi. SkySports xabariga ko'ra, klublar muzokaralarni davom ettirmoqda.
🚨 "Komo" Trevoh Chalobah transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
‼️ Italiya klubi "Chelsi" himoyachisi uchun taxminan 35 million funt sterling taklif qilishga tayyor. Dastlabki ikki taklif rad etilgach, "Komo" turli to'lov shartlarini o'z ichiga olgan tizimli kelishuv orqali londonliklarning talabiga yaqinlashishga urinmoqda.
📰 SkySports
Janluka Di Marsio Trevoh Chalobah transferi bo'yicha yangi ma'lumotlarni taqdim etdi. «Chelsi» va «Komo» o'rtasidagi kelishuvda hali ham tafovut bor.
Jurnalist Janluka Di Marsio avvalroq Trevoh Chalobah transferi yakunlangani haqida yozgan bo'lsa-da, endilikda o'z fikrini o'zgartirdi.
Di Marsio xabariga ko'ra, «Chelsi» va «Komo» klublari o'rtasida futbolchining transfer qiymati bo'yicha taxminan 10 million yevrolik farq mavjud.
Klublar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Daniele Longo xabariga ko'ra, «Komo» Trevo Chaloba transferini yaqin soatlar ichida yakunlamoqchi.
Daniele Longo xabariga ko'ra, «Komo» Trevo Chaloba transferini yaqin soatlar ichida yakunlamoqchi.
🚨 «Komo» Chaloba bo'yicha muhim qadamlar tashlamoqda: transfer summasi 31-32 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Sky Sport xabariga ko'ra, «Komo» Trevoh Chalobani o'z safiga qo'shib olish bo'yicha kelishuvni yakunlashga tayyor.
Sky Sport xabariga ko'ra, «Komo» Trevoh Chalobani o'z safiga qo'shib olish bo'yicha kelishuvni yakunlashga tayyor. Sesk Fabregas boshchiligidagi jamoa avvalroq «Chelsi»ga ikki marta taklif yuborgandi, biroq har ikkala urinish ham rad etilgandi.
Hozirgi vaqtda tomonlar kelishuvga erishdilar va Chaloba «Komo» libosini kiyishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Trevoh Chalobahga "Kristal Pelas", "Inter" va "Komo" klublari qiziqish bildirmoqda. "Chelsi" himoyachi uchun 35 million funt sterling talab qilmoqda.
"Chelsi" bilan muzokaralar chog'ida "Kristal Pelas" Trevoh Chalobahga qiziqish bildirgan. 👀
"Chelsi" angliyalik himoyachi uchun taxminan 35 million funt sterling so'ramoqda, "Inter" va "Komo" ham futbolchiga bo'lgan qiziqishni saqlab qolgan. 💷
Simon Fillips xabariga ko'ra.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.