Fabrisio Ravanelli:
Kolo Muani va Alaybegovich — bu ikkala futbolchi ham «Yuventus» libosini kiyishni juda xohlagan va yuqori sifatga ega o'yinchilar. Bu muhim boshlang'ich nuqta, chunki biz shunchaki pul uchun emas, balki «Yuve» uchun o'ynashni istaydigan futbolchilarga qaytishimiz kerak. Bu jamoa mentaliteti uchun juda muhim. Bu ikki futbolchi katta hissa qo'shishi mumkin. «Yuventus» asta-sekin muxlislarni xursand qila oladigan jamoani qurmoqda.
Alaybegovichning transferi? Bu menga Boniperti davridagi, biz Del Pyero, Di Livio, Torrichelli kabi yigitlarni qo'lga kiritgan o'tmishdagi «Yuventus»ni eslatadi. Bu klub kelajagini qurishga yordam beradigan muhim xarid. Yildiz bilan birgalikda biz uzoq vaqt davomida sifatli duyetga tayanib qolishimiz mumkin. O'tgan mavsumda u 13 ta gol va 4 ta assist qayd etdi — bu ulkan kuchaytirish.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!