ExWHUEmployee xabariga ko'ra, Vest Xem Sanderlend hujumchisi Uilson Izidor uchun taklif bilan chiqdi.
⚒️ ExWHUEmployee xabariga ko'ra, Vest Xem Sanderlend hujumchisi Uilson Izidor uchun taklif bilan chiqdi.
Sanderlend klubi Izidorni qariyb 20 million funt sterlingga baholamoqda, biroq Vest Xem futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ma'qul ko'rmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Arne Engels "Vest Xem"ga o'tishga yaqin turibdi. Angliya klubi "Seltik" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Arne Engels "Vest Xem"ga o'tishga yaqin turibdi. Angliya klubi "Seltik" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq futbolchi "Roma"ning ham nishonida bo'lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
De Telegraaf xabariga ko'ra, Ajax klubi Edson Alvaresni jamoaga qaytarish ustida jiddiy ishlamoqda.
😀 De Telegraaf xabariga ko'ra, Ajax klubi Edson Alvaresni jamoaga qaytarish ustida jiddiy ishlamoqda.
28 yoshli meksikalik futbolchi allaqachon Yordi Kroyff bilan muzokaralar o'tkazgan. Amsterdam klubi uni tayanch yarim himoyachi pozitsiyasi uchun ajoyib kuchaytirish sifatida ko'rmoqda.
O'tgan yozda 75 mln yevroga olingan Nik Voltemade "Nyukasl" rejalariga kirmayapti. Uni ijaraga berishmoqchi.
🚨 O'tgan yozda 75 million yevro evaziga sotib olingan Nik Voltemade yangi mavsumda "Nyukasl" rejalariga kirmayapti. Nemis futbolchisini ijaraga berishmoqchi — Devid Ornsteyn.
Hujumchi uchun allaqachon Angliya jamoalaridan navbat hosil bo'lgan: "Lids", "MYu" va "Vest Xem".
O'tgan mavsumda Voltemade "qarg'alar" safida 51 ta o'yinda (3030 daqiqa) 12+4 natijasini qayd etdi.
The Athletic xabariga ko'ra, «Al-Hilol» «Vest Xem Yunayted» bilan Krisensio Sammervill transferi bo'yicha 80 million yevro evaziga kelishuvga erishdi.
The Athletic xabariga ko'ra, «Al-Hilol» «Vest Xem Yunayted» bilan Krisensio Sammervill transferi bo'yicha 80 million yevro evaziga kelishuvga erishdi. 🚨
Juda afsusli holat. Krisensioning faoliyati qanday kechayotganini ko'rish kishini xafa qiladi. Hozirgi darajasiga mutlaqo mos kelmaydigan bunchalik katta mablag' evaziga transfer amalga oshirilmoqda.
Narxni qo'ya turaylik, 24 yoshda oldinda porloq kelajak kutib turibdi, jahon chempionatida o'zingni ko'rsatding, ortingdan «Aston Villa», «MYu», «PSJ» va «Roma» kabi klublar quvmoqda. Shunday iqtidorga ega o'yinchi shunchaki pul ortidan Saudiya Arabistoniga yo'l olishi haqiqatan ham juda achinarli. 🤦♂️
Krisensio Sammervill transferi uchun "Al-Hilol" va "Roma" kurash olib bormoqda. Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Vest Xem" taklifni qabul qilgan.
Krisensio Sammervill transferi bo'yicha muzokaralarda kutilmagan burilish yuz berdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Al-Hilol" niderlandiyalik vingerga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Arab klubi ham "Vest Xem"ga, ham futbolchining o'ziga juda jozibador taklif bilan chiqqani aytilmoqda. Shu tariqa ular "Roma" bilan muzokaralarning hal qiluvchi bosqichida o'z o'rnini mustahkamlab olmoqchi. "Jalorossilar" so'nggi soatlarda takliflarini oshirishgan va ingliz klubidan javob kutishayotgan edi, biroq endi ular moliyaviy jihatdan kuchli raqibga duch kelishdi.
Ayni damda barchasi Sammervillning qaroriga bog'liq, chunki "Vest Xem" unga nisbatan taklifni qabul qilib bo'lgan. Futbolchining bu vaziyatga munosabati transfer "Roma" bilan kelishilgan yo'nalishda davom etishini yoki "Al-Hilol" taklifi muzokaralar balansini o'zgartirib yuborishini hal qiladi.
Chekko Oddo Kasano ma'lumotiga ko'ra, Krisensio Sammervill shartnomasida tovon puli bandi yo'q, biroq "Vest Xem" bilan kelishuv mavjud.
Chekko Oddo Kasano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Krisensio Sammervill shartnomasida tovon puli (klauzula) bandi mavjud emasligini tasdiqladi.
"Vest Xem" va futbolchi o'rtasida uning ketishiga imkon beruvchi "janoblar kelishuvi" mavjud. Darhaqiqat, "Roma" tomonidan amalga oshiriladigan to'lov mavjud bo'lmagan klauzula bo'yicha bir martalik to'lov ko'rinishida bo'lmaydi.
Vinay Venkateshamning aloqalari Tottenxemga Mateus Fernandes va Sandro Tonalini rekord narx evaziga xarid qilishga yordam bermoqda.
🚨 Vinay Venkateshamning Premyer-ligadagi tajribasi hamda uning Vest Xem va Nyukasl kabi klublar bilan aloqalari muzokaralarda muhim rol o'ynadi.
Aynan shu omil Tottenxemga klub tarixidagi rekord darajadagi Mateus Fernandes va Sandro Tonali transferlarini muvaffaqiyatli yakunlashga yaqinlashishiga yordam berdi. 👀✅
Sport5 telekanali xabariga ko'ra, «Vest Xem» yozgi transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Manor Solomonni asosiy nishon sifatida belgilab oldi.
Sport5 telekanali xabariga ko'ra, «Vest Xem» yozgi transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Manor Solomonni asosiy nishon sifatida belgilab oldi.
Jan-Kler Todibo «Roma» himoyani kuchaytirish uchun ko'rib chiqayotgan futbolchilardan biri. «Yuventus» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Jan-Kler Todibo «Roma» himoyani kuchaytirish uchun ko'rib chiqayotgan futbolchilardan biri.
Ekrem Konur xabariga ko'ra, «Vest Xem»ning fransiyalik markaziy himoyachisi jamoa Premer-ligadan tushib ketganidan so'ng, ijara varianti sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. Garchi «Sammervill» bilan bog'liq muvaffaqiyatsiz bitimdan so'ng klublar o'rtasidagi munosabatlar murakkab bo'lsa-da, «Yuventus» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va avvalroq uni o'z safiga qo'shib olishga uringan edi.
Cresensio Sammervill «Vest Xem»dan «Al-Hilol»ga o'tmoqda. Transfer summasi 80 million yevroni tashkil qiladi.
Jankluka Di Marsio xabariga ko'ra, «Al-Hilol» va «Vest Xem» futbolchi Sammervill transferi bo'yicha yakuniy kelishuvga erishdi. Transfer summasi bonuslar bilan birgalikda qariyb 80 million yevroni tashkil qiladi.
Futbolchi rasmiy e'londan oldin tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan, uzoq muddatli shartnoma esa imzolangan va yakuniy tasdiqni kutmoqda. Avvalroq 46 million yevro taklif qilgan va ingliz klubidan rad javobini olgan «Roma» kurashdan chiqdi. Anjelo Manjante ma'lumotiga ko'ra, o'yinchi yiliga 20 million yevro maosh oladi.
Krysensio Sammervill ijtimoiy tarmoqlarda «Vest Xem»dan ketishiga ishora qildi. Fabrisio Romanoga ko'ra, «Roma» futbolchi uchun 50 million yevro taklif qilmoqda.
So'nggi soatlarda Sammervill ijtimoiy tarmoqlardagi ishorasi bilan muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirdi.
Gollandiyalik vinger Instagram sahifasida ta'til vaqtida o'tkazgan mashg'ulotlaridan bir nechta surat joylab, ularga «Abadiy minnatdorman» deb izoh qoldirdi.
«Roma» muxlislarining aksariyati ushbu xabarni «Vest Xem» bilan xayrlashuv sifatida talqin qilishdi. Shu bilan birga, Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Vest Xem» yaqin orada «Roma»ning bonuslar bilan birga 50 million yevrolik yangi taklifiga javob qaytaradi.
Sammervillning shartnomasidagi tovon puli bandi muddati tugamoqda. "Roma" va "Vest Xem" o'rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi bosqichda.
Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, Sammervill shartnomasidagi tovon puli bandi muddati ikki kundan so'ng o'z nihoyasiga yetadi. Taxminan 50 million yevroga baholanayotgan ushbu bandning amal qilish muddati tugamoqda. Shu sababli, bugundan boshlab ortga hisoblash boshlandi, aks holda Rim klubi "Vest Xem" bilan muzokaralarni noldan va ularning shartlari asosida boshlashiga to'g'ri keladi.
Kecha tomonlar o'rtasidagi muzokaralar ijobiy o'tdi, ammo bugungi kun hal qiluvchi ahamiyatga ega, unda bitim taqdiri hal qilinadi. Sammervill "Roma" shartlariga mos keladigan, taxminan 4 million yevro miqdoridagi maoshni qabul qilishga tayyor. Klub endi "Vest Xem" bilan tafsilotlarning yakuniy kelishuvini kutmoqda.