Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, Dzion Sudzuki transferining qimmatligi sababli «Yuventus» darvozabon pozitsiyasi uchun Guglielmo Vikario nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, Dzion Sudzuki transferining qimmatligi sababli «Yuventus» darvozabon pozitsiyasi uchun Guglielmo Vikario nomzodini jiddiy ko'rib chiqmoqda.
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Dzion Suzuki va Gulyelmo Vikario haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Luchano Spalletti darvozabonlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Luchano Spalletti: «Menga Dzion Suzuki juda yoqadi. Biz uni yuqori baholaymiz, chunki u katta salohiyatga ega darvozabon. OAVga qaraydigan bo'lsak, u bir nechta klublarning qiziqishiga sabab bo'lmoqda, shu sababli hozir uning narxi juda baland.
Vikariomi? U tajribali va yuqori saviyali darvozabon. Biz shunchaki «Tottenxem» nima uchun undan voz kechishga qaror qilganini tushunib olishimiz kerak».
Yuventus yangi darvozabon izlamoqda. Romeo Agresti xabariga ko'ra, klub Dzion Sudzuki bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq Parma hali taklifdan qoniqqani yo'q.
Endi Yuventus diqqatini darvozabonga qaratishi mumkin — bu navbatdagi asosiy ustuvor vazifa 🧤
Beshinchi yangi futbolchi aynan darvozabon bo'ladi.
Romeo Agresti xabariga ko'ra, Dzion Sudzuki borasidagi muzokaralarda siljish bor, biroq Yuventus tomonidan taklif qilingan dastlabki shartlar va bitim formulasi Parma rahbariyatini hali qoniqtirmayapti. Qolaversa, futbolchiga PSJ tomonidan ham katta qiziqish mavjud.
Shuningdek, yarim himoya chizig'ini ham kuchaytirish kutilmoqda — Kessie varianti ham istisno qilinmayapti, biroq avvaliga klub tarkibdagi ayrim futbolchilarni sotib yuborishi kerak.
Darvozabon va yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borish kerak.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "PSJ" va "Yuventus" "Parma" darvozaboni Dzion Suzuki uchun kurash olib bormoqda.
🚨 "PSJ" va "Yuventus" klublari "Parma" darvozaboni Dzion Suzuki transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
"PSJ" yaponiyalik posbonni kelajak uchun sarmoya sifatida ko'rmoqda, ammo unga asosiy tarkibdan joy va'da qila olmaydi.
"Yuventus" esa, agar Emiliano Martines bilan kelishuv barbod bo'lsa, Suzukini asosiy darvozabon sifatida ko'rmoqchi. Suzuki o'zi Turin klubiga o'tishni istamoqda, biroq "Parma" hozircha bunga ruxsat bermadi.
«Parma» darvozaboni Dzion Suzuki uchun «Lids» va «Yuventus»dan tushgan takliflar rad etildi. Klub futbolchi uchun 34 million funt talab qilmoqda.
1 Station Radio jurnalisti Luka Cherkone xabariga ko'ra, «Parma» yaponiyalik darvozabon Dzion Suzuki uchun 34 million funt sterling so'ramoqda.
Ayni damda darvozabon bo'yicha ikkita taklif kelib tushgan: «Lids» 25,5 million funt va bonuslar, «Yuventus» esa 21 million funt va bonuslar taklif qilgan. «Xochlilar» rahbariyati ushbu takliflarni yetarli emas deb topib, rad etgan.
PSJ Akliushdan keyin yaponiyalik darvozabon Dzion Sudzukini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Fabrisio Romano xabariga ko'ra, APL klublari ham qiziqish bildirmoqda.
PSJ Akliushdan keyin e'tiborini yaponiyalik darvozabon Dzion Sudzukiga qaratdi.
❌ Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Yuventus» Sudzuki bo'yicha rad javobini olgan, «Nyukasl» esa Xornichekni o'z safiga qo'shib olgach, kurashdan chiqdi.
APL klublari esa hali ham futbolchi uchun kurash olib bormoqda.
Dzion Sudzuki "Yuventus"ga o'tishga rozi bo'ldi. "Yuventus" va "Parma" klublari o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
"Yuventus" va "Parma" klublari Dzion Sudzuki transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Yaponiyalik darvozabon allaqachon "byankonerilar"ga o'z roziligini bergan. "Yuventus" esa futbolchini qo'lga kiritish uchun "PSJ" va APL klublarini ortda qoldirish ustida ishlamoqda.