Antonio Nusa «Arsenal»ning nishonida
«Leyptsig» vingeri Antonio Nusa «Arsenal»ning transfer rejalaridan o'rin oldi. Londonliklar uni Vinisius Juniorga muqobil variant sifatida ko'rmoqda.
CaughtOffside xabariga ko'ra, «Leyptsig» vingeri Antonio Nusa «Arsenal»ning transfer rejalaridan o'rin olgan. Londonliklar Vinisius Juniorni qo'lga kirita olmasalar, aynan norvegiyalik futbolchini asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqishmoqda.
«Roma» qiziqish bildirayotgan futbolchi Mikel Artetaga o'zining salohiyati va o'yin sifati bilan manzur kelgan. «Kanonirlar» ro'yxatida Kristian Pulishich va Ibragim Mbaye ham bor, ammo Nusa ayni damda eng real variantlardan biri hisoblanadi.