Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Paulo Dibala va «Roma» hamkorlikni davom ettiradi. Bugun argentinalik futbolchi Rim klubi bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Bitimda shartnomani uzaytirish bandi ko'zda tutilmagan, futbolchining yillik maoshi esa bonuslar bilan birga qariyb 3 million yevroni tashkil etadi.
Shartnoma futbolchi dastlab kutganidan qisqaroq, biroq maoshdagi o'zgarishlar farqni qoplab berdi. Ertaga Dibala poytaxtga qaytadi va dushanba kunidan boshlab Trigoriya bazasida Gasperini qo'l ostida mashg'ulotlarni boshlaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!