"Roma" Samervill uchun kurashda mag'lub bo'lgan ko'rinadi. "Al-Hilol" ham o'yinchi, ham "Vest Xem"ga misli ko'rilmagan darajada yuqori narx taklif qildi va ayni damda arab klubi niderlandiyalik futbolchiga "jallorossi"dan ko'ra yaqinroq turibdi. Endi "Roma" transfer bozorida munosabat bildirib, Gasperini uchun vinger izlashni boshlashi kerak. Fabrisio Romano YouTube reportaji.
Filippo Biafora xabariga ko'ra:
"Roma" Samervill bo'yicha kelishuv yakunlanganiga ishonchi komil edi, hatto o'yinchini olib kelish va bugun tushdan keyin Champinoga yetkazish uchun Rotterdamga samolyot yuborgandi. Biroq, endi hammasi o'zgardi va "Al-Hilol" "Roma"dan yaqqol o'zib ketdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!