The Athletic xabariga ko'ra, «Al-Hilol» «Vest Xem Yunayted» bilan Krisensio Sammervill transferi bo'yicha 80 million yevro evaziga kelishuvga erishdi. 🚨
Juda afsusli holat. Krisensioning faoliyati qanday kechayotganini ko'rish kishini xafa qiladi. Hozirgi darajasiga mutlaqo mos kelmaydigan bunchalik katta mablag' evaziga transfer amalga oshirilmoqda.
Narxni qo'ya turaylik, 24 yoshda oldinda porloq kelajak kutib turibdi, jahon chempionatida o'zingni ko'rsatding, ortingdan «Aston Villa», «MYu», «PSJ» va «Roma» kabi klublar quvmoqda. Shunday iqtidorga ega o'yinchi shunchaki pul ortidan Saudiya Arabistoniga yo'l olishi haqiqatan ham juda achinarli. 🤦♂️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!