Randal Kolo Muani «Yuventus» futbolchisiga aylandi
Randal Kolo Muani «Yuventus» safiga kelib qo'shildi. Tomonlar 2031-yilning yoziga qadar shartnoma imzolashdi.
🖤 Rasman: Randal Kolo Muani — «Yuventus»ning yangi futbolchisi ✔️
💰 Bitim summasi 38 million yevroni tashkil etadi. Bu mablag' to'rt moliyaviy yil davomida to'lab beriladi. Shuningdek, qo'shimcha xarajatlar uchun 3,2 million yevro nazarda tutilgan. Bundan tashqari, muayyan sport natijalariga erishilganda 12 million yevrogacha bonuslar to'lanishi ko'zda tutilgan.
Klub va futbolchi 2031-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomani imzolashdi ✍️