Bayer Migel Gutyerres transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
«Bayer» Migel Gutyerres transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Fabrisio Romano xabariga ko'ra, nemislar «Napoli»ga 30 million yevro to'laydi.
Medina «Bayer»ga o'tmasligi mumkin. Nemis klubi u va Migel Gutyerres o'rtasida tanlov o'tkazib, yakunda ikkinchi variantda to'xtaldi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Bayer» ushbu transfer uchun «Napoli»ga 30 million yevro to'laydi.
Bu holat mantiqiy ko'rinmoqda. Dastlabki mish-mishlar «Bayer» Grimaldoga o'rinbosar izlayotganini ko'rsatgandi. «Napoli» himoyachisi esa aynan shu rolga mosroq nomzod hisoblanadi.