Kristian Falkning xabar berishicha, Florentino Peres «Bavariya» prezidenti Xaynerga Maykl Olise transferi borasida har qanday qadam tashlashdan oldin ular bilan bog'lanishga va'da bergan.
Tomonlar «Real Madrid» joriy yozda 24 yoshli vinger transferi uchun hech qanday harakat qilmasligi borasida kelishib olishgan. Bundan tashqari, Myunxen klubi rahbariyati futbolchiga yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar jamoani tark etish imkoniyati yo'qligini aniq tushuntirib qo'ygan.
Shu sababli, Olise kamida yana bir mavsum «Bavariya» safida qoladi. Biroq vaziyat kelasi yozda o'zgarishi mumkin. Xususan, fransiyalik futbolchi «Bavariya» bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqqan taqdirda, boshqa klubga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin 🖥
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!