Hakan Chalhanoglu «Fenerbaxche» nishonida
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Transfer 👁 6

Hakan Chalhanoglu «Fenerbaxche» nishonida

«Fenerbaxche» Hakan Chalhanog'luni o'zining asosiy transfer maqsadlaridan biri deb belgiladi. Klub rahbariyati «Inter» yarim himoyachisini Istanbul jamoasiga o'tishga ko'ndirish uchun ilk qadamlarni tashladi. «Fenerbaxche» boshqaruv kengashi a'zosi Jihan Kamer Italiyaga tashrifi chog'ida turkiyalik futbolchining yaqinlari bilan bog'langan.

Fotomac xabariga ko'ra, Chalhanog'lu bilan bo'lib o'tgan so'nggi muzokaralar ijobiy o'tgan va futbolchi o'tishga rozilik bildirgan. Shu bilan birga, «Fenerbaxche» bitimni tezlashtirishi kutilayotgan sana ham ma'lum bo'ldi. Klub rahbariyati Chempionlar ligasi saralashi doirasidagi «Shturm»ga qarshi javob o'yinidan so'ng, ya'ni 11-avgustdan keyin yarim himoyachini xarid qilish harakatlarini kuchaytiradi. «Inter» Chalhanog'luni 25 milliondan 30 million yevrogacha baholamoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!