Yasin Titraui "Olimpiakos"ga o'tishdan bosh tortdi
Yasin Titraui "Olimpiakos"ga o'tishdan bosh tortdi. "Lans" futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Yasin Titraui "Olimpiakos" va "Sharlerua" klublari o'rtasida kelishuvga erishilganiga qaramay, yunon klubi safiga o'tishdan bosh tortdi.
"Lans" vaziyatga aralashib, 23 yoshli yarim himoyachi borasida so'rov yubordi. Liga 1 vakili yaqin orada transferni rasmiylashtirish bo'yicha qadamlar tashlashi mumkin.