Joze Mourinyu «Real Madrid»dagi ish jarayoni haqida
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 19

Joze Mourinyu «Real Madrid»dagi ish jarayoni haqida

📝 Rodra (ESPN muxbiri):

Joze Mourinyu «Real Madrid»ga qaytganidan so'ng ishni ijobiy ruhda boshladi. Klubdagi manbalar murabbiyning vazmin yondashuvini alohida ta'kidlashmoqda.

«Madrid»da Mourinyuning qaytishi katta o'zgarishlarga sabab bo'lishidan xavotir bor edi, ammo haqiqat boshqacha bo'lib chiqdi: portugaliyalik mutaxassis avvalgidek tajovuzkor emas, shu bilan birga u kuchli xarakterga ega va yuqori standartlarni saqlab qolgan.

So'nggi haftalarda Mourinyu bilan birga ishlayotganlar uning hamon juda ochiqko'ngil murabbiy ekanligini, futbolchilar va «qaymoqranglilar» xodimlari bilan bevosita muloqot qilishini, shuningdek, har bir mashg'ulotda maksimal fidoyilik talab qilishini aytishmoqda.

Mourinyu «Madrid»ning har bir bo'limi ishiga faol aralashmoqda. U tibbiy shtab, fizioterapevtlar, tahlilchilar va klubning boshqa bo'linmalari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Mourinyuning maqsadi - har bir detal haqida to'liq xabardor bo'lish.

📰 A. Esteban (jurnalist):

Mourinyu har kuni erta tongda «Madrid»ning klub bazasiga keladi va u yerda ko'p soatlarini o'tkazadi. U deyarli Valdebebasda yashamoqda. Mourinyu klubning barcha sohalarida faol ishlamoqda.

🖥 The Athletic:

«Madrid»dagi manbalar Mourinyuni «talabchan, ammo muloqot uchun ochiq, futbolchilarga katta bosim o'tkazadigan hamda mashg'ulotlarning har bir detaliga aralashadigan murabbiy» sifatida ta'riflashmoqda.

Klubda portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida jamoa mashg'ulotlari yuqori intensivlikda o'tayotgani qayd etilmoqda. Qolaversa, «qaymoqranglilar» ko'pincha kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazishmoqda. Hozirda Mourinyu jamoaning jismoniy holatini yaxshilashga alohida e'tibor qaratmoqda.

Shu bilan birga, Mourinyu qaytganidan so'ng «Madrid» mashg'ulotlari juda ijobiy muhitda o'tmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!