Dushan Tadic faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkin
Dushan Tadic Erediviziga qaytmaydi. Serbiyalik futbolchi BAAning "Al-Nasr" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin.
❌ Dushan Tadicning Erediviziga qaytishi amalga oshmaydigan ko'rinadi.
Voetbal International nashri keltirgan mahalliy manbalarga ko'ra, serbiyalik yarim himoyachi allaqachon BAAda yangi klub topgan.
Ma'lum qilinishicha, Tadic "Al-Nasr" bilan bir yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi.