Algemeen Dagblad: Kroyffning «Ayaks»dagi kelajagi natijalarga bog'liq
Algemeen Dagblad nashri Kroyffning «Ayaks»dagi kelajagi jamoaning chempionlik natijalariga bog'liq ekanligini ta'kidladi.
Algemeen Dagblad:
Kroyffning taqdiri qaysidir ma'noda natijalarga bog'liq. Uning «Ayaks»dagi loyihasini faqat jamoa chempion bo'lgan taqdirdagina muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin. Agar buning aksi bo'lsa, u yana qancha vaqt qolishi haqida o'ylab ko'rish kerak.
U o'z o'rni uchun har qanday yo'l bilan kurashadiganlardan emas. U futboldagi ishidan shunchaki mamnun bo'lib yuradigan inson emas. Kroyff mustaqil fikrlaydi va zarurat tug'ilganda osongina ketishi mumkin.