PSV Filip Kostichni o'z safiga qo'shib olmoqchi
PSV Salah-Eddin o'rniga Filip Kostichni olib kelmoqchi. Futbolchi ayni damda erkin agent maqomida.
Salah-Eddin jamoani tark etganidan so'ng, PSV rahbariyati chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun yangi nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. SoccerNews nashrining serb manbalariga tayanib xabar berishicha, klub nishonida Ugo Bueno va yosh Adam Aznu bilan bir qatorda Filip Kostich ham bor.
33 yoshli serbiyalik futbolchi avvalroq «Groningen» sharafini himoya qilgan, so'nggi yillarni esa «Yuventus»da o'tkazgan. Ayni damda erkin agent maqomida bo'lgan o'yinchi moliyaviy jihatdan PSV uchun qulay variant hisoblanadi. Biroq, futbolchiga qiziqish bildirayotgan boshqa klublar ham mavjud.