#Kristofer Nkunku — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

«Milan» Avstraliyaga yo'l oldi
MilanAC ↗ Umumiy

«Milan» Avstraliyaga yo'l oldi

«Milan» mavsumoldi tayyorgarlikning ikkinchi qismi uchun Avstraliyaga yo'l oldi. Tarkibda o'zgarishlar bor.

«Milan» Avstraliyaga uchib ketdi! Yozgi tayyorgarlikning ikkinchi qismi boshlanmoqda.

Milanelloda bir necha kunlik mashg'ulotlardan so'ng, Ruben Amorim boshchiligidagi jamoa Pert shahriga yo'l oldi va u yerda mavsumoldi turnesini davom ettiradi.

Yaxshi yangiliklar: Mario Gila va Kristofer Nkunku yaqinda olgan kichik jarohatlariga qaramay, jamoa bilan birga uchib ketishdi.

Shuningdek, tarkibga Pervis Estupinyan ham qo'shildi — u jahon chempionatidan qaytgan birinchi futbolchi bo'ldi.

Tez orada jamoaga quyidagi futbolchilar ham kelib qo'shilishi kutilmoqda:

Leau
Modrich
Gonsalu Ramush
Yashari
De Vinter
Salemakers

O'ng ustun yangiliklari