Uli Xyones: «Bavariya» futbolchilarni sotishga majbur emas»
Uli Xyones «Bavariya»ning transfer siyosati va Olise atrofidagi mish-mishlar haqida gapirdi.
Uli Xyones Olise va «Real Madrid» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
Men shunchaki kulgidan o'layozdim. Uning shartnomasi yana uch yilga mo'ljallangan, shuning uchun men uchun bu umuman mavzu emas. Xitoy imperatori kelsa ham, biz u bilan [Olise haqida] gaplashmaymiz. Xuddi shu narsa Luis Diasga ham tegishli. Bizda dunyodagi eng yaxshi hujum triosi bor — Olise, Dias va Keyn. Biz ulardan birortasini sotish haqida o'ylamagan ham bo'lardik.
Uli Xyones «Bavariya»ning yozgi transfer oynasidan juda mamnun ekanligini ta'kidladi:
Bizda o'tgan yilgidek ideal transfer oynasi bo'ldi, biz o'zimizga juda foydali bo'ladigan ikki nafar futbolchini tarkibga qo'shib oldik. Sotilgan o'yinchilarga kelsak, ayrim summalari nisbatan kichik bo'lishi mumkin, ammo yakunda ular baribir salmoqli raqamni tashkil qildi. Yaqinda Gerbert Xayner va kuzatuv kengashimizning bir necha a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdik va u [Eberl] biz allaqachon 40 million yevrodan ortiq daromad olganimizni ma'lum qildi. Agar endi yana bir yoki ikki o'yinchini sota olsak, bu juda zo'r bo'lardi. Ammo shuni aniq aytmoqchimanki: «Bavariya» bilan shartnoma — bu muqaddas. Boshqacha aytganda, agar yakunda yechim topa olmasak, bu futbolchilarni o'zimizda olib qolishga majbur bo'lamiz.