Yesper Lindstryomning "Shalke 04"ga o'tishi barbod bo'ldi
Yesper Lindstryomning "Shalke 04"ga o'tishi barbod bo'ldi. SKY Sport xabariga ko'ra, bunga "Napoli"ning shartnomaga so'nggi daqiqada o'zgartirish kiritgani sabab bo'lgan.
⛔️ Yesper Lindstryomning "Shalke 04"ga transferi yakuniy ravishda barbod bo'ldi.
📺 SKY Sport bu holatning sabablarini quyidagicha tushuntiradi:
O'yinchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan edi, bu odatda shartnoma imzolashdan oldingi so'nggi bosqich hisoblanadi. Biroq, hujjatlarni almashish jarayoni barcha rejalarni to'xtatib qo'ydi. "Napoli" "Shalke"ga shartnoma loyihasini yuborishda avvalroq erishilgan og'zaki kelishuvga o'zgartirishlar kiritgan. "Adzurrilar" o'z navbatida hech qanday xatoga yo'l qo'ymadik deb hisoblashadi va bu o'zgarishlarni muzokaralar jarayonidagi odatiy hol deb bilishadi.
Biroq, "Shalke"ning munosabati ijobiy bo'lmadi. Nemis klubi so'nggi daqiqadagi o'zgarishlardan norozi bo'lib, boshqacha qarashni ilgari surdi. O'zaro ishonchga asoslangan transfer shartlari endi mavjud emas deb hisoblagan "Shalke" bitimdan voz kechishga qaror qildi.