Diomande "Real Madrid"ga o'tishga qaror qildi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 16

Diomande "Real Madrid"ga o'tishga qaror qildi

Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Peres Mourinyuning iltimosini bajarish uchun Diomande transferi borasida tavakkal qilishga qaror qildi. "Real Madrid" futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag' to'laydi.

Bugun kechqurun Diomande o'ziga qiziqish bildirgan barcha klublarga faqat "Real Madrid"ga o'tishni istashini ma'lum qildi. Shu bilan birga, vinger "PSJ"dan ham madridliklar taklifiga teng moliyaviy shartlar olgan edi. Avvalroq Diomande "Liverpul", "Manchester Siti" va "Arsenal"ga o'tish imkoniyatini rad etgandi."

Marca ma'lumotiga ko'ra: "PSJ" Diomande "Real Madrid"ga o'tayotganidan juda norozi. Parijliklar o'zlarini aldangan deb hisoblashmoqda. Hatto bugun ertalab ham "PSJ" vingerning transferi ustida ishlayotgan edi, biroq futbolchi yakunda "qirollik klubi"ni tanladi.

"Real Madrid" ivuarlik futbolchi bilan shartnoma imzolanganini kelasi hafta e'lon qilishi kutilmoqda.

Sky Sport xabariga ko'ra: "PSJ" Diomande transferi barbod bo'lgani yuzasidan quyidagicha izoh berdi:

"Bu oqshom "PSJ" Diomande bo'yicha o'z qiziqishi va takliflaridan rasman voz kechdi. "Leypsig" so'ragan narx va futbolchining moliyaviy talablari mutlaqo nomutanosib va vaziyatni buzuvchi edi. "PSJ" klubning oqilona moliyaviy boshqaruvi va tarkib balansiga oid tamoyillarini buzmaydi."

Valentin (Radio Marca jurnalisti): "PSJ"ning rasmiy bayonoti shunchaki kulgili! Bunday bayonotni "Bavariya" chiqarsa tushunish mumkin edi, ammo "PSJ" vakillarining bunday deyishi moliyaviy feyr-pley qoidalariga amal qiladiganlar uchun shunchaki ahmoqona hazil."

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!